Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Temur Kapadze: “Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan tuzilgan «Olimpik» yosh yigitlarga o‘zini ko‘rsatish uchun imkon bo‘ldi

Temur Kapadze: “Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan tuzilgan «Olimpik» yosh yigitlarga o‘zini ko‘rsatish uchun imkon bo‘ldi

Baho:
+ | -

Tokio-2020 Olimpiadasi hisoboti va oldinda turgan kompleks musobaqalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda MOQ raisining birinchi o‘rinbosari, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov, Turizm va sport vazirining o‘rinbosari Avaz Karimov, O‘FA Bosh kotibi Avaz Maksumov va Qo‘mita Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o‘rinbosarlari Saken Polatov va Sherzod Tashmatov, shuningdek, O‘zbekiston U21 terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar shtabi ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Temur Kapazde Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik uchun tuzilgan «Olimpik» klubi va yoshlar terma jamoamizning faoliyati haqida to‘xtaldi.

“Keyingi yil bizni 2 ta asosiy musobaqa kutib turibdi. Bular o‘zimizda o‘tadigan Osiyo chempionati va Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari. Bu turnirlar orqali jamoaning potensialiga yaqqol baho berib olish mumkin. Shubhasiz, ularda maksimal natija uchun o‘ynaymiz. Hozir jamoamizda bo‘lgan yigitlarning aksariyati avval o‘z klublarida asosiy tarkibda o‘ynashmagan. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan tuzilgan «Olimpik» yosh yigitlarga o‘zini ko‘rsatish uchun imkon bo‘ldi. Hozir ularga Superliga jamoalaridan ham takliflar tushmoqda”, – dedi murabbiy.

Suhbat davomida jamoaning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash, futbolchilarning o‘yindagi jismoniy holatini nazorat qilishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish kabi masalalar bo‘yicha atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Kiritildi: 22:35, 27.09.2021.
O'qildi: 2008 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.