«Ayaks» darvozaboni Andre Onana kelasi yozda jamoani tark etish niyatida. U Amsterdam klubiga jamoa bilan shartnomani uzaytirmasligini ma’lum qildi, deb xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.
Kamerunlik futbolchi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan shartnomasi bilan Amsterdam klubini tark etadi. Qishda u «Inter» bilan oldindan shartnoma tuzishi mumkin.
Onana 2015 yilning yanvaridan «Ayaks» da o‘ynaydi. 25 yoshli kamerunlik hozirda dopingga qarshi qoidalarni buzish bo‘yicha diskvalifikasiyani o‘tamoqda, u 2021 yil 4 noyabrda safga qaytadi.