Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

YECHL. «Bavariya» - "Dinamo Kiyev". Uchrashuvlar tarixi

YECHL. «Bavariya» - "Dinamo Kiyev". Uchrashuvlar tarixi

Baho:
+ | -

Bugun «Bavariya» o‘z maydonida Kiyevning «Dinamo» klubini qabul qiladi. Mazkur bahs uchun qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Xabaringiz bor, joriy mavsum Chempionlar Ligasi E guruhida qatnashayotgan myunxenliklar ilk turda Kataloniyada «Barselona» ustidan yirik hisobda (3:0) g‘alaba qozondi va polshalik Robert Levandovski YECHLdagi 74 hamda 75-gollarini o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

O‘z navbatida Ukraina klubi o‘z maydonida «Benfika» bilan nursiz durang o‘ynadi.

 

Oldingi uchrashuvlar

Jamoalar 2000 yilning mart oyidan beri ilk marta to‘qnash kelishayotgan bo‘lsada, unga qadar 10 o‘yinda bellashishgan. Shulardan beshtasida «Bavariya», to‘rt bahsda esa Ukraina klubi g‘alaba qozongan.

Ikkala jamoa ham 1999/2000 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi ikkinchi guruh bosqichida o‘z maydonida g‘alaba qozongan. Paulo Serxioning so‘nggi daqiqalardagi goli «Bavariya»ga Myunxenda g‘alaba keltirgan (2:1). Kiyevda esa Kaxa Kaladze va Giorgi Demetradze «Dinamo»ga 3 ochko olib bergan.

«Dinamo»ning 1977 yildan beri «Bavariya» ustidan birinchi g‘alabasiga qaramasdan, Myunxen klubi S guruhida yetakchi bo‘lgan va chorak finalga yo‘l olgan. Kiyevliklar esa «Real» bilan teng ochko to‘plagan lekin, boshqa ko‘rsatkichlar evaziga guruhda uchinchi o‘rinni olib musobaqani tark etgan. O‘sha mavsum madridliklar YECHL chempioni bo‘lishgan.

«Bavariya» 1998/99 yilgi Chempionlar Ligasida ham finalga chiqqan. O‘shanda klub aynan "Dinamo Kiyev"ni mag‘lub etgandi. Dastlabki bahsda kiyevliklar safida Aleksandr Shevchenko dubl qayd etgan va 12 daqiqa ichida Effenberg hamda Yanker muvozanatni tiklashgan. Mazkur bahsda Kiyev jamoasi 2:0, 3:1 hisoblarida oldinga chiqib olganini ham ta’kidlash kerak. Javob bahsida Mario Baslerning yagona goli umumiy hisobni 4:3 ga keltirgan va nemis grandi uchun final eshiklarini ochgan.

«Dinamo» «Bavariya» bilan dastlabki 4 o‘yinning uchtasida g‘alaba qozongan. Oleg Bloxin 1975 yilgi UEFA Superkubogining ikkala o‘yinida ham gol urishga erishgan.

1975 yilgi mag‘lubiyat «Bavariya» uchun «Dinamo» bilan bo‘lgan Myunxendagi 5 o‘yinda yagona g‘alaba qozona olmagan bahs bo‘lgan.

 

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Marko Guida (Italiya)

Qanot hakamlari: Filippo Meli, Jorjio Peretti (Italiya)

Zaxira hakami: Fabio Mareska (Italiya)

VAR: Maurisio Mariani (Italiya)

VAR yordamchisi: Paolo Valeri (Italiya)

Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs bugun Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 07:40, 29.09.2021.
O'qildi: 1714 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.