Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

APL. Lukaku sevimli jamoasiga qarshi yoxud «Chelsi» - «Sautgempton» o‘yini uchun prevyu

APL. Lukaku sevimli jamoasiga qarshi yoxud «Chelsi» - «Sautgempton» o‘yini uchun prevyu

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-Ligasi 7-turida «Chelsi» o‘z maydonida «Sautgempton»ni qabul qiladi.

Bilasizmi?

Tomas Tuxelning qo‘lostida «Chelsi» Angliya-Premyer-Ligasida 4 marta yutqazgan va shulardan uchtasi "Stemford Bridj"da sodir bo‘lgan. «Ko‘klar» 2019 yilning dekabridan beri ketma-ket ikki uy o‘yinida mag‘lubiyatga uchramagan. O‘shanda ikkinchi mag‘lubiyat «Sautgempton»ga qarhsi bahsda qabul qilib olingan.

Romelu Lukaku APLda «Sautgempton»ga qarshi 12 o‘yinda 9 gol urishga erishgan. Belgiyalik musobaqadagi boshqa hech bir klubga 9dan ziyod gol urmagan (shuningdek, "Vest Xem"ga ham to‘qqizta).

«Sautgempton» «Chelsi» maydonidagi 22 APL o‘yinida 19 ochko jamg‘argan (4G‘, 7D, 11M). Faqatgina "Aston Villa" (27) hamda "Kristal Pelas" (21) klubdan ko‘proq safar ochkolariga ega bo‘lishgan.

Adam Armstrong joriy mavsum Premyer-Ligada istalgan jamoadoshidan ko‘proq darvozaga zarba (19) bergan. Shuningdek, 6 marta vaziyat yaratgan. Shu tariqa u jamoaning 33 foiz urinishlarida (25/75) ishtirok etgan.

 

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Martin Atkinson

Qanot hakamlari: Piter Kirkap, Nik Hopton

Zaxira hakami: Jarred Gillet

VAR: Mayk Din

VAR yordamchisi: Yan Hassin

 

Taxminiy tarkiblar

Chelsi - Mendi, Chaloba, Ryudigar, Kristensen, Aspilikueta, Chiluell, Kovachich, Jorjinyo, Verner, Maunt, Lukaku

Sautgempton - MakKarti, Livramento, Bednarek, Salisu, Uker-Piters, El-YUnussi, Romeu, Uord-Prous, Jenepo, Adams, Armstrong.

 

Yo‘qotishlar

Kristian Pulishich hamon jarohatidan tiklanish bilan band bo‘lsa, Ris Jeyms va Meyson Maunt jarohatidan keyin to‘liq formaga kirmagan va ularning maydonga tushishi so‘roq ostida. Ngolo Kante esa boshqa sababga ko‘ra maydonga tusha olmaydi.

Smollboun va Stefens shikastlangani tufayli «Sautgempton»ga yordam bera olmaydi. Broxa diskvalifikasiya qilingan. Uolkot va Armstronning maydonga tushishi so‘roq ostida.

 

Raqamlar

«Sautgempton» oxirgi uch o‘yinda gol urishni uddalay olmadi (Premyer-Liga).

«Sautgempton» so‘nggi 8 safar o‘yinida g‘alabaga erisha olmadi (Premyer-Liga).

APL doirasida «Sautgampton»ning oxirgi 3 o‘yinida 2,5 tadan kamroq gol kiritilgan.

«Chelsi» barcha musobaqalarda «Sautgempton»ga qarshi so‘nggi 12 bahsning 11tasida mag‘lubiyatga uchramagan.

Jamoalar o‘zaro 44 bor to‘qnash kelishgan. Shulardan 24 bahsda «aristokratlar», 9 o‘yinda esa «Sautgempton» g‘alaba qozongan. 11 bellashuvda durang qayd etilgan.

Ayni vaqtda «Chelsi» 13 ochko bilan uchinchi, mehmonlar esa 4 ochko jamg‘argan holda APLning 16-pog‘onasidan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs bugun Toshkent vaqti bilan 19:00da start olishi ko‘zda tutilgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:28, 02.10.2021.
O'qildi: 2141 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик