Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Zlatan – avtomobillar shaydosi

Zlatan – avtomobillar shaydosi

Baho:
+ | -

Shvesiya terma jamoasi afsonasi Zlatan Ibragimovich hozirda Italiyaning «Milan» klubida faoliyat yuritmoqda. U uzoq yillik faoliyati davomida dunyoning ko‘plab nuqtalarida bo‘lib qaytdi. Yaqindagina 40 yoshni qarshi olgan qahramonimiz mashinalarni kolleksiya qilishga juda ham qiziqadi. U benzin sarflaydigan mashinalar uchun alohida tanlovlarga ega. Hozir esa shu kungacha futbolchi didiga yoqqan mashinalarni sanab o‘tamiz.

U tug‘ilgan kuni arafasida o‘zi uchun «Ferrari» Sf90 modelini xarid qildi. So‘ngra, Instagram tarmog‘iga «tug‘ilgan kuning bilan Zlatan» deb post yozib qoldirdi.
Italyan avtokonsernining ishqibozi «AT 40» modelini ham sotib olgan edi. Ushbu superkar dunyoda atigi 499 ta odamda mavjud, xolos. Avtoqurilma 2,9 soniyada o‘z tezligini 60 kilometr/soatgacha ko‘tara oladi. Maksimal tezligi esa 211 kilometr/ soatga teng.
Zlatan Ibragimovich 2019 yilda, 38 yoshida dunyodagi eng qimmat mashinani sotib olgan. U ham «Ferrari» mahsuloti va «Monza SP2» deb nomlanadi. Mashina 1,4 million funtga xarid qilingan bo‘lib, hammada qiziqish uyg‘otgandi.

2005-2009 yillar davomida futbolchining eng yoqtirgan avtoulovi bu «Ferrari F430» edi. O‘sha paytda bunday model «Chelsi» afsonasi Jon Terrida ham bo‘lgan. Ingliz futbolchisi uni London ko‘chalari bo‘ylab haydab yurgan.
Bo‘y jihatdan ancha gavdali va uzun bo‘lgan Zlatan uchun ichi keng hamda qulay mashina kerak edi. Shu sabab, u «Milan»ga qaytganidan keyin yangi mashina sotib olishga qaror qiladi. Markaziy hujumchi ko‘p o‘tmay, mashg‘ulotlarga o‘zining 160 ming funtlik «Lamborghini Urus» rusumli avtomobilida kela boshlaydi. «Urus» versiyasidagi avtolar hozirda ko‘plab yulduz futbolchilarning sevimlisiga aylangan. Xususan, Krishtianu Ronaldu ham yaqinda shu nomdagi mashinani Karrington ko‘chalarida minib yurgani ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.

Yana «Ferrari» mahsulotlariga qaytamiz. Faqatgina dunyo bo‘ylab 400 dona «Enzo» modelidagi avtolar kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan. Zlatan esa shunday mashinaga ega insonlardan biridir. Ushbu model ko‘plab auksionlarda million funtdan qimmatroqqa sotilgandi. «Enzo» markalari 2002 yilda loyihalashtirila boshlagan bo‘lib, unda Formula Bir(F1) standartlari qo‘llanilgan. Xullas, mukammal poygachi mashina!


Italiyaning yana bir lyuks avtolar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bo‘lmish, «Maserati» Zlatan muhabbatini qozongan. Shuning uchun u Italiyadagi davrini mana shu nom ostidagi mashinalarni sotib olish bilan ham o‘tkazgan. 2011 yilda futbolchi 92 million funt evaziga «Maserati MC Stardale» versiyasini sotib olgan. Ammo ushbu versiya jahon bozoriga sotuvga chiqarilganida 120 ming funtdan sotilgandi. Bu avtomobil atigi 4 soniyada 62 kilometr tezlikka chiqa oladi. Zlatan har qanday mahsulotlarni «cheklangan versiyasi»ni yaxshi ko‘radi. Yuqoridagi ma’lumotlar ham shunga ishora qilmoqda. 2014 yilda u 700 ming funtga nemis avtoishlabchiqaruvchisi bo‘lgan «Pirscge»ning «Spyder» markasini xarid qiladi. Bunday supermashinalar jahonda 918 ta ishlab chiqarilgan va 2015 yildayoq sotib tugatilgan. Ushbu versiya «Porsche» tayyorlagan gibrid-avtomobillar avlodining ilk nusxasi edi.

2014 yilda hozirda 40 ga kirgan futbolchi 33 yoshda edi. Aynan ana shu payt Shvesiyaning «Volvo» korporasiyasi unga rasmiy elchilik maqomini beradi. Zlatan avtokonsern reklamalarida ko‘rinish bera boshlaydi. Ko‘plab futbolchilar o‘zlariga hamkorlik qilgan avtomobil mahsulotlaridan foydalanmaydi. Shunga qaramay, Ibragimovich «MYU»da o‘ynab yurgan paytlari jamoa mashg‘ulotlari uchun aynan «Volvo» tomonidan taqdim etilgan «XC90» modeli bilan kelar edi. Mashina narxi o‘sha paytlarda 52 ming funt bo‘lgan. Ha, bu qiymat Zlatan uchun arzimas narsa. Axir u million funtdan qimmatroq bo‘lgan avtokarlar minib o‘rganib qolgan...

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 16:40, 05.10.2021.
O'qildi: 3166 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.