Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko

Suv polochilarimiz jahon chempionatiga jo‘nab ketishdi

Suv polochilarimiz jahon chempionatiga jo‘nab ketishdi

Baho:
+ | -

Suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston qizlar terma jamoasi Isroil davlatida o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Netaniya shahriga yo‘l oldi.

10-16 oktyabr kunlari o‘tkaziladigan mazkur nufuzli musobaqada Ispaniya, Braziliya, O‘zbekiston, Fransiya, Italiya, Isroil, Rossiya, Argentina kabi jami 16 terma jamoa sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi.

Ta’kidlash joizki, yosh polochilarimizning bo‘lajak nufuzli musobaqaga munosib tayyorgarlik ko‘rishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratildi va terma jamoamiz a’zolari yoshlar o‘rtasida jahon chempionatiga o‘z oldilariga yuqori maqsadlarni qo‘ygan holda yo‘l olishdi.

Musobaqada jamoamiz «D» guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, kvartetimizda Braziliya, Rossiya va Vengriya jamoalarini ham ko‘rish mumkin. Jamoamizning mazkur turnirdagi taqvimi quyidagicha:

1-tur. 10 oktyabr:
Vengriya – O‘zbekiston

2-tur. 11 oktyabr:
O‘zbekiston – Rossiya

3-tur. 12 oktyabr:
Braziliya – O‘zbekiston

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 09:53, 08.10.2021.
O'qildi: 1231 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик