Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Og‘ir atletika: Ozoda Hojiyeva JCHda biryo‘la ikkita medalga sazovor bo‘ldi

Og‘ir atletika: Ozoda Hojiyeva JCHda biryo‘la ikkita medalga sazovor bo‘ldi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining kechagi bahslari vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.

Qizlar o‘rtasida -55 kg vazn toifasida o‘tkazilgan bahslarda hamyurtimiz Ozoda Hojiyevaning dast ko‘tarish mashqidagi har uchchala urinishi ham omadli chiqdi. U dastlab 72 kg, keyin 75 kg va nihoyat so‘nggi uchinchi urinishida 77 kg toshni o‘ziga bo‘ysundira oldi. Shunga qaramay hamyurtimiz sovrindorlar safidan chetda qoldi, u 4-o‘rin bilan cheklandi. Qizig‘i, dast ko‘tarish mashqida 3-o‘rinni egallagan AQSHlik sportchi ham 77 kg natija qayd etgandi, faqat Miranda Ulrey bu og‘irlikni ikkinchi urinishda o‘ziga bo‘ysundira olgani uchun bronza medali amerikalik sportchiga nasib etdi.

Darvoqe, norvegiyalik Ronya Levnik ham dast ko‘tarishda 77 kg natija qayd etdi va u 5-o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rindagi Meksika vakilasi Leon Perez esa Ozodani atigi 1 kiloga ortda qoldirdi.

Ushbu yo‘nalishda oltin medalni katta tafovut bilan AQSH terma jamoasining yana bir vakilasi Ketrin Estep egalladi. U dast ko‘tarish mashqini 89 kilo bilan yakunladi.

Siltab ko‘tarish mashqida Ozoda Hojiyeva ilk urinishida 92 kg, ikkinchi urinishida 95 kg og‘irlikni o‘ziga bo‘ysundirdi. So‘nggi urinishda esa hamyurtimiz 98 kg og‘irlikni ko‘tara olmadi. Shunday bo‘lsada, siltab ko‘tarish mashqida hamyurtimiz 3-o‘rinni band etdi.

Ikkikurash natijasiga ko‘ra, 172 kg natija qayd qayd etgan Ozoda Hojiyeva 2-o‘rinni egalladi va terma jamoamiz hisobiga jahon chempionatining dastlabki kumush medalini taqdim etdi. Oltin medalni esa kutilganidek amerikalik Ketrin Estep qo‘lga kiritdi.

Og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionati

-55 kg vazn toifasi, qizlar
1. Ketrin Estep (AQSH) – 198 kg,
2. Hojiyeva Ozoda (O‘zbekiston) - 172 kg,
3. Leon Perez (Meksika) - 171 kg

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 10:10, 08.10.2021.
O'qildi: 2519 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.