Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

«Yangi boylar» e’tiborini kimlarga qaratadi? Yoxud «Nyukasl» «ovlashi» mumkin bo‘lgan 5 yulduz

«Yangi boylar» e’tiborini kimlarga qaratadi? Yoxud «Nyukasl» «ovlashi» mumkin bo‘lgan 5 yulduz

Baho:
+ | -1

Xabaringiz bor, "Nyukasl" endilikda dunyoning eng boy klubiga aylanmoqda. Jamoa bunday ajoyib sharoitdan foydalanib, bir-nechta katta transferlarni amalga oshirishi kutilmoqda. Balki, klub tarkibi butunlay yangilanib ketar, bunisi hozircha qorong‘u. Lekin shunisi aniqki, “oq-qoralar” bir nechta dunyo darajasidagi yulduzlar uchun “sovchi”lar yuborishsa kerak. Stadion.uz yulduz futbolchilarning “yangi boylar” tarkibida paydo bo‘lishi ehtimoli xaqida so‘z olib boradi.

Janluidji Donnarumma ("PSJ")


Italiyalik darvozabonning “Nyukasl” safiga o‘tish ehtimoli bor deyishga ikki sabab mavjud. Birinchisi — Jiji yangi jamoasida yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganligidir. Donnarumma parijliklar safiga asosiy darvozabon bo‘lishni xohlab borgandi. Hozircha hammasi Donnarumma istaganidek bo‘lmayapti. Uning ustiga Pochettino jamoasining ichki muhiti yaxshi emasdek ko‘rinmoqda. Albatta, ba’zida yulduzlarning fikri rahbariyat uchun murabbiynikidanda ustunroq bo‘layotgani ko‘zga tashlanmoqda. Balki, hammasi o‘z o‘rniga tushar. Ammo Janluidjining “Nyukasl” klubiga o‘tishi mumkinligiga ikkinchi sabab, birinchi sababning qay darajada rivojlanishiga qarab o‘tirmaydi. Ya’ni hamma gap italiyalikning agentiga bog‘liq bo‘lib qolishi mumkin. “Buzoqchalar o‘lkasi”da tug‘ilgan yigitchaning agenti esa o‘sha mashhur Mino Rayola. U Donnini Angliyaga ko‘chib o‘tishiga ko‘ndirishi mumkin. Chunki bu transfer har tomonga ham ma’qul keladi. Italiyalik darvozabonga asosiy tarkib, “yangi boylar”ga ishonchli posbon, Rayolaga millionlab pullar tegadi.

Kilian Mbappe ("PSJ")


Fransiyalik yulduz Parijdan ketishi tobora oydinlashib bormoqda. Balki “Jeyms park” egalari bu vaziyatdan foydalanib qolar. Har holda bu transfer ularga tekin tushadi. Faqatgina, Mbappeni moliyaviy tomondan rozi qila olishsa bas. Lekin Kilian “Real Madrid” tarkibiga borib qo‘shilish haqida o‘ylamoqda. Ammo ingliz klubi Mbappeni o‘z loyihalariga ishontira olsa, harakat qilib ko‘rsa bo‘ladi. Bir tarafdan qaraganda Mbappe “Nyukasl” tarkibida paydo bo‘lishi mumkindek ko‘rinmoqda. Ikkinchi tomondan qaraganda Mbappe va katta maosh teskari paradoksga o‘xshamoqda. Mbappe orzularini pulga almashmasa kerak. Kilianning “yangi boylar” tarkibida paydo bo‘lish ehtimoli juda kam. Lekin yangi jamoaga Zidan murabbiy bo‘lsa, bu fikr o‘zgarishi mumkin.

Erling Xoland (“Borussiya Dortmund”)


Xoland hozirgi kunda har bir grand jamoa qo‘lga kiritishni istaydigan ikki futbolchidan bittasi. Norvegiyalik shunchaki dahshatli goleador ekanligini isbotlab bo‘ldi. Uning Bundesligadan ketish vaqti kelgandek ko‘rinmoqda. Qiziq, hozircha Erling qaysidir jamoada o‘ynash istagidaligi mavhumligicha qolmoqda. “Kichkintoy qotil” uchun Premyer-liga eng to‘g‘ri qarordek ko‘rinmoqda. Agar “oq-qoralar”ning yangi loyihasida tezda jamoani kuchaytirish va kubok yutish rejasi bo‘lsa, unda Erling eng yaxshi variant hisoblanadi. Ha aytgancha, Xolandning ham agenti o‘sha Rayola.

Neymar ("PSJ")

Har transfer oynasidagi shov-shuvlarda Neymarning “Barselona” safiga qaytishi haqida feyk xabarlar tarqaladi. Har holda shamol bo‘lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi deganidek, Neymarga Parijda nimadir yoqmayotgandek ko‘rinmoqda. Braziliyalik o‘yinchi sarguzashtni yoqtiradigan futbolchi. Shu xislati tufayli Fransiyaga ko‘chgan futbolchi APLda o‘zini sinab ko‘rish qaroriga kelish ehtimoli yo‘q emas. Uning ustiga, Neymarning o‘yini ko‘plarni o‘ziga oshiq qilishi hammaga ma’lum. Balki Qirollik honadonida ham uning muxlislari mavjuddir. Agar unday bo‘ladigan bo‘lsa, Neymarni o‘zlarining jamoasiga olib kelish uchun tirishib ko‘rishi aniq. Qisqa qilib aytganda, Neymarning xarakteri va jahongashtaligi bu transfer bo‘lish ehtimolini ko‘rsatmoqda. Agar “Nyukasl” rostmana bu transfer uchun harakat qilsa.
 
Paulo Dibala (“Yuventus”)



Argentinalik yulduzning turinliklar bilan shartnomasi tugash arafasida turibdi. Futbolchining iqtidoriga shubha qilish xato. U juda ham iqtidorli. Ammo “Yuventus” uning joyi emasdek ko‘rinmoqda. Dibala o‘zini yana ko‘rsatishi uchun imkon paydo bo‘lishi mumkin. APLda Dibala balki ochilib ketar. Katta transferlarga hali qo‘l urmasligi mumkin bo‘lgan “yangi boylar” arzonroqqa kimnidir jamoaga olib kelib, uning atrofida nisbatan mashhur bo‘lmagan futbolchilar bilan o‘yin qurmoqchi bo‘lsa, unda ularning short-listida Dibala bo‘lishi mumkin. Paulo uchun yetakchilik kerak. U erkin harakat qilsa, yaxshiroq o‘ynay oladi. Bu transfer ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishi mumkin.

Bular shunchaki dunyoning eng boy klubi e’tiboriga tushgan yulduzlar bo‘lishi mumkin. Lekin hali jamoaning kelajagi qanday bo‘lishiga qarab keyinchalik asosiy transferlar haqida gapirishimiz mumkin. Sizningcha “Nyukasl” xarid qiladigan ilk futbolchi kim bo‘ladi?

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Kiritildi: 11:00, 08.10.2021.
O'qildi: 9354 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.