«PSJ» superyulduzi Lionel Messi umrida kimning futbolkasini berishni so‘raganini aytib o‘tdi. U «TyC Sports» nashriga bergan intervyusida shunday deydi:
«Men odatda kimdandir futbolka so‘ramayman. Men futbolchilar bilan uni almashtirishga o‘rganganman. Ammo bir marta Zidandan o‘z libosini menga berishini iltimos qilgan edim. Agar u argentinalik bo‘lganida u bilan ham almashtirgan bo‘lardim. Ammo u fransiyalik afsona! Shunday bo‘lsa ham, odatda mendan kimdur so‘ramaguncha, men o‘zim hech kimdan so‘ramayman».
Hozirda 34 yoshli futbolchi Argentina termasi bilan Urugvayga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘rmoqda.