Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Sulsher davrida «MYU» kimlarni sotib yubordi?

Sulsher davrida «MYU» kimlarni sotib yubordi?

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted», futbol tarixidagi katta nomlardan biri. Klubning eng so‘nggi tarixi uning sobiq futbolchisi Ole Gunar Sulsher nomi bilan bog‘liq bo‘lib kelmoqda. Sulsher 2018 yilning dekabr oyida murabbiylikka kelgan va shundan buyon o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Xo‘sh, mana shu davr mobaynida mankunyanliklar qaysi yirik nomlardan ayrildi yoxud sotib yubordi? Quyida klubdan yaqin ikki yil ichida ketgan bir nechta futbolchilar bilan tanishasiz.

Romelu Lukaku

Belgiyalik hujumchi 2019 yilning avgust oyida «qizil iblislar» qarorgohini tark etgan edi. Bu voqea norvegiyalik mutaxassisning kelishidan atigi sakkiz oy o‘tib ro‘y beradi. Romelu 67 million funt evaziga «Inter» safiga borib qo‘shiladi. U bir mavsumdan keyin Italiya chempioniga aylandi va yangi mavsumda eski jamoasi «Chelsi»ga qaytadi. G‘arbiy London klubi uni 97,5 million funtga qayta sotib oldi. Keyinchalik, bu xarid oqilona bo‘lganini guvohi bo‘ldik.

Kris Smolling

Sobiq «Fulxem» himoyachisi faoliyatining o‘n yili, 2010-2020 yillar oralig‘ini «MYU» stadionida o‘tkazdi. U 2019 yilning avgust oyida «Roma»ga ijaraga beriladi. Bir mavsumdan keyin, 2020 yilning oktabr oyida esa, 12 million funtga rimliklarga sotib yuborildi. Smolling yangi klubi bilan 3 yillik bitimga imzo chekkan.

Eshli Yang

Yana bir Italiyaga ravona bo‘lgan futbolchilardan biri bu Eshli Yangdir. «MYU» uni 2020 yilning yanvarida 1,5 million funt evaziga «Inter»ga pullaydi. Yang u yerda Italiya chempioni bo‘lgan tarixdagi uchinchi ingliz futbolchisiga aylanadi. Shunday bo‘lsada, u bu mavsum avvalida, iyul oyida «Aston Villa»ga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi va birmingemliklar bilan bir yillik shartnoma tuzdi.

Ander Errara

Ispaniyalik futbolchi 2019 yilning iyul oyida erkin agent sifatida «MYU»ni tark etadi va «PSJ» bilan besh yillik bitimga imzo chekadi. Shundan beri Erreraning titullarga ega bo‘lishi osonlashdi. U parijliklar safida Fransiya chempioni, Fransiya kubogi hamda liga kubogi sohibiga aylandi. U shuningdek, Chempionlar sovrini va YECHL finalchisi hisoblanadi.

Aleksis Sanches



U «MYU» tarixidagi eng omadsiz transfer sifatida tarixga kirgan. Chililik hujumchi «Old Trafford»da payti haftasiga 505 ming funt maosh olardi. Shu sabab «Inter»ga 2019 yilning avgust oyida ijaraga beriladi va bir yildan keyin tekinga qo‘yib yuboriladi. Sanches 2020 yilda «Inter» bilan uch yillik shartnoma imzolaydi.

Markos Roxo

Chap qanot himoyachisi «MYU»dagi faoliyati davomida eng ko‘p sargardon bo‘lgan futbolchi bo‘lsa kerak. Uning o‘yini beqaror edi. Shu sabab asosiy tarkibdan joy ola bilmadi. Ko‘p o‘tmay, 2019 yilning yanvar oyida argentinalik o‘z yurti klubi «Estudiantes»ga ijaraga beriladi. Shu yilning yanvar oyida u grant klub «Boka Xuniors» bilan bitim tuzdi. U hali ham xulq borasida maqtana olmaydi. Aks holda Argentina klassikosida «River Pleyt»ga qarshi qizil kartochka olarmidi?

Xullas, so‘nggi yillardagi «Manchester Yunayted»ning transfer siyostini omadli deya olmaymiz. Katta nomlar bor edi. Ammo ko‘plari jamoa uchun kerasizga aylantirildi. Shuning uchun ham katta mablag‘ evaziga olib kelingan ayrim futbolchilar yakunda tekinga qo‘yib yuborilgan...

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 19:06, 08.10.2021.
O'qildi: 4322 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.