Yozgi transfer oynasi allaqachon yopilgan, biroq hali hamma natijalar sarhisob qilinmagan. Mutaxassislar ko‘plab klublar qiyin davrni boshidan kechirayotgani sababli, ko‘p sonli transferlar amalga oshmasligini Ammo, shunga qaramay o‘tgan yozda bir qancha katta xaridlar amalga oshiirildi. Shu sababli, «Stadion.uz» nashri esa o‘tgan transfer bozorida eng ko‘p xarajatga ega bo‘lgan 10 ta klub haqida ma’lumot beradi.
«Vest Xem» (74,5 million yevro)
«Vest Xem» o‘tgan mavsumda juda yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. «Bolg‘achilar» APL turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab, Yevropa Ligasiga yo‘l olishdi. Mavsum turnir jadvalida «Vest Xem»dan ortda qolgan «Tottenxem», «Arsenal» va «Everton»ga qaraganda yaxshiroq yakunladi. Ammo raqobatbardoshlikni saqlab qolish uchun «bolg‘achilar» tarkibni kuchaytirishga muhtoj edi. Natijada, London klubi o‘z safiga beshta yangi futbolchini qo‘shib oldi. «Vest Xem» yarimhimoyachi Nikola Vlashich (SSKA; 30 mln yevro), himoyachilar Kurt Zuma («Chelsi», 35 mln yevro) va Kreyg Douson («Uotford», 2.3 mln yevro). Darvozabon Alfonso Areola («PSJ», 2 mln yevro) va yarimhimoyachi Aleks Kral («Spartak», 5,20 mln yevro) London klubiga o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, «bolg‘achilar» «Lasio»ga qanot himoyachisi Felipe Andersonga sotib, 3 mln yevro ishlab topishgan.
«Renn» (79,5 million yevro)
«Renn» asosiy futbolchisidan ayrildi. Klub yetakchisi Eduardo Kamavinga «Real»ga o‘tdi. Shu bilan birga, «qizil-qoralar» 7ta yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Himoyachilar Birger Meling («Nim», 3 mln yevro) va Loik Bad («Lens», 17 mln yevro), darvozabon Dogan Alemdar («Kayserispor», 3,5 mln yevro), yarimhimoyachilar Lovro Mayer («Dinamo Zagreb», 12 mln yevro») va Baptiste Santamariya («Frayburg», 14 mln yevro), vinger Kamaldin Sulemana («Nordjalland», 15 million yevro) va hujumchi Gaetan Laborde («Monpelye», 15 million yevro). Ko‘rinishidan, «Renn» yana Yevropa musobaqalarida qatnashmoqchi. Mazkur xaridlar «qizil-qoralar»ga foyda keltiradim, mavsum oxirida barchasiga guvoh bo‘lamiz.
«PSJ» (83 million yevro)
O‘tgan yozda «PSJ» uch futbolchi uchun 83 million yevro sarflagan. Parijliklar himoyachi Ashraf Hakimi («Inter»; 60 mln yevro) bilan shartnoma imzoladi, himoyachi Nuno Mendesni («Sporting», 7 mln yevro) ijaraga oldi va yarimhimoyachi Danilo Pereyrani (16 mln yevro) «Portu»dan sotib oldi. Qolaversa, Fransiya vise-chempionlari to‘rt nafar erkin agent maqomidagi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. «PSJ» darvozabon Janluiji Donnarumma, himoyachi Serxio Ramos, yarimhimoyachi Jorjinyo Veynaldum va hujumchi Lionel Messini qo‘lga kiritdi. Parijliklar transfer bozorida ajoyib ishlarni amalga oshirib, ko‘plab yulduz futbolchilarni bir jamoaga birlashtirdilar. Bu futbolchilar bir jamoada qanday til topishishadi - bu boshqa savol.
«Roma» (98 million yevro)
Joze Mourinyoni jamoaga taklif qilgan holda, «Roma» rahbariyati transfer bozorida jiddiy xarajatlarga tayyorgarlik ko‘rishlari kerak edi. Natijada, «bo‘rilar»ning amerikaliklar xo‘jayinlari tarkibni kuchaytirish uchun deyarli 100 million yevro ajratdi. Darvozabon Rui Patrisio («Vulverxempton»; 11,5 mln yevro), himoyachilar Brayan Reynolds («Dallas», 6,75 mln yevro), Rojer Ibanez («Atalanta» 9 mln yevro) va Mattias Vinya («Palmeyras»; 13 mln yevro), shuningdek, hujumchi Eldor. Shomurodov («Jenoa»; 17,5 mln yevro) va Temmi Abraxam («Chelsi», 40 mln yevro). Italiyaliklar oxirgi paytlarda futbolchilarni ijaraga olishni afzal ko‘rishmoqda, biroq «bo‘rilar»ning barcha transferlari to‘laqonli. Mourinyoda yulduzli jamoa yo‘q, lekin u sovrinlar uchun kurashadigan juda kuchli tarkibga ega.
«Aston Villa» (100 million yevro)
«Aston Villa» o‘z sardori Jek Grilishni jamoada olib qola olmadi, lekin ular futbolchini «Manchester Siti»ga katta summaga sotish orqali, yaxshigina daromad ko‘rishdi. Ya’ni, 117,5 million yevroga Grilish «Siti» futbolchisiga aylandi. O‘z navbatida, «Aston Villa» ham 100 millionlik uchta yangi xaridni amalga oshirdi. Qanot himoyachilari Emiliano Buendiya («Norvich», 38,4 mln yevro) va Leon Beyli («Bayer», 32 mln yevro), shuningdek, hujumchi Denni Ingz («Sautgempton»; 29,42 mln yevro) Birmingemga yo‘l olishdi. Bundan tashqari, «sherlar» himoyachi Eshli Yangni erkin agent sifatida jamoaga qo‘shib olishdi. Qolaversa, himoyachi Aksel Tuanzebeni «Manchester Yunayted»dan tekinga ijaraga oldi. Grilishning ketishi «Aston Villa» uchun katta yo‘qotish, lekin jamoa yaxshi futbolchilar orqali jamoani yanada mustahkamladi, shuning uchun Birmingem klubidan yaxshi natijalarni kutish mumkin.
«Leypsig» (108 million yevro)
O‘tgan yozda «Leypsig» uchta jiddiyga uchradi. Himoyachilar Ibrohima Konate va Dayo Upamekano, shuningdek yarimhimoyachi Marsel Zabiser «buqalar»ni tark etishdi. Qolaversa, oxirgi ikkisi ham raqobatchi - «Bavariya»ga transfer qilindi. Ammo, «Leypsig» ham tarkibni yaxshi kuchaytira oldi. «Buqalar» ilgari ijaraga olingan himoyachilar Benyamin Xendriks (Monako; 15 mln yevro) va Anxelinyo (Manchester Siti; 18 mln yevro)ni sotib oldi, shuningdek, himoyachi Muhammad Simakan («Strasburg»; 15 mln yevro) va Joshko Gvardiola («Dinamo Zagreb»; 18,8 mln yevro) bilan shartnoma imzoladi. Bundan tashqari, yarim himoyachilar Ilaysh Moriba («Barselona»; 16 mln yevro) va Kaden Klark («Nyu-York Red Bulls»; 1,82 mln yevro), shuningdek, hujumchilar Andrea Silva («Ayntraxt»; 23 million yevro) va Brayan Brobi («Ayaks», erkin agent) . Ha,«Leypsig» yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldirdi. Klub ushbu mavsum ham yaxshi natijalar ko‘rsata oladimi? Keling, buni mavsum so‘ngida sarhisob qilib ko‘ramiz.
«Chelsi» (120 mln yevro)
«Chelsi» atigi ikkita yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi, bu ularga 120 million yevroga tushdi. «Aristokratlar» hujumchi Romelu Lukaku uchun «Inter»ga 115 million yevro to‘ladi va yarim himoyachi Saul Nigezni «Atletiko»dan 5 million yevroga ijaraga oldi. Bu safar London klubi ko‘plab transfer amalga oshirmadi, leki sotib olgan ikki futbolchisi ham sifatli o‘yin ko‘rsatishi aniq. Belgiyalik allaqachon «ko‘klar» safida o‘z o‘yinini namoyish etib, ketma-ket uchrashuvlarda gol kiritdi. Lekin, ispan futbolchisi hali londonliklar safida hali maydonga tushmadi. Qolaversa, «Chelsi» «Fulxem»ning sobiq darvozaboni Markus Bettinellini ham erkin agent sifatida tarkibga qo‘shib oldi, ammo bu shartnoma katta yutuq deb bo‘lmaydi. Sababi, London klubi darvozasida iqtidorli kiperlar yetarlicha.
«Manchester Siti» (127,5 million yevro)
«Shaharliklar» ham o‘tgan yozda juda ko‘p futbolchi bilanshartnoma imzolashmagan. Shunga qaramay, «Manchester Siti» 127,5 million yevro sarfladi. Klubning asosiy xaridi Jek Grilish edi, ular futbolchi uchun «Aston Villa»ga 117,5 million yevro to‘lashdi. Bundan tashqari, inglizlar «Fluminense» vingeri Kaykani 10 millionga sotib olishdi, ammo futbolchi yanvarda manchesterliklar safiga qo‘shiladi va darvozabon Skott Karsonni erkin agent sifatida ortga qaytarib oldi. Shu bilan birga, «Manchester Siti» hech qachon markaziy hujumchini ololmadi. Ba’zida Xosep Gvardiola jamoasida hujumda katta muammolar bo‘ladi, lekin mutaxassis qo‘lida gol ura oladigan ko‘plab futbolchilar bor. Ehtimol, yanvar oyida «shaharliklar» hujumchi sotib olishga urinib ko‘rishar?!
«Manchester Yunayted» (140 mln yevro)
«Manchester Yunayted» «PSJ» bilan birga yozgi transfer oynasining asosiy qahramonlaridan biriga aylandi. «Yunayted» birdaniga 3 ta mashhur futbolchi bilan shartnomani tuzdi. Mankunianliklar himoyachi Rafael Varan («Real», 40 mln yevro) va qanot hujumchisi Jeydon Sancho («Borussiya», 85 mln yevro) bilan shartnoma imzoladilar va hujumchi Krishtianu Ronaldu («Yuventus», 15 mln yevro) va darvozabon Tom Xitonni («Aston Villa», erkin agent) qaytarishdi. ) «Old Trafford»ga qaytarishdi. «Manchester Yunayted» hozirda nafaqat Angliyada, balki butun Yevropadagi eng yaxshi tarkibga ega. Mankunianliklar barcha turnirlarda sovrinlar uchun kurashishlari shart. Amalda qanday bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Hozircha «Yunayted» mavsum boshida 4 g‘alaba, 2 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etdi.
«Arsenal» (165,6 million yevro)
Ajablanarlisi shundaki, Premyer-ligadani eng yomon boshlagan jamoa o‘tgan yozda eng ko‘p xarajat qilgan. «Arsenal» mavsum boshida o‘tkazilgan 3 o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchradi va bitta gol ham ura olmadi. Ular boshida Premyer-liga turnir jadvalining so‘nggi, 20 -pog‘onasini band etishdi. Ammo, oxirgi uchrashuvlardagi 3 g‘alaba va 1 durang londonliklarni yana yuqoriga qaytishga imkon berdi. Shu bilan birga, «kanonirlar» tarkibni kuchaytirish ustida faol ish olib borishdi. Darvozabon Aaron Ramsdeyl («Sheffild Yunayted»; 28 mln yevro), himoyachilar Nunu Tavaresh («Benfika»; 8 mln yevro), Takexiro Tomiyasu («Bolonya»; 18,6 mln yevro) va Ben Uayt («Brayton»; 50 mln yevro), shuningdek yarimhimoyachilar Sami Lokonga. («Anderlext»; 17,5 mln yevro) va Martin Edegor («Real», 58,5 mln yevro). Shu bilan birga, «Arsenal» hujumchi Folarin Baloganni jamoaga taklif qildi. «Kanonirlar» eng qisqa vaqt ichida raqobatbardosh bo‘lishi kerak bo‘lgan yosh jamoani tuzishmoqda. Keling, Mikel Arteta nima qila olishini mavsum so‘ngida ko‘rib chiqaylik.
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.