Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

«Oltin to‘p» 2021 yildan 2025 yilgacha. O‘sha yillarda kimlar yilning eng yaxshi futbolchisiga aylanishi mumkin

«Oltin to‘p» 2021 yildan 2025 yilgacha. O‘sha yillarda kimlar yilning eng yaxshi futbolchisiga aylanishi mumkin

Baho:
+ | -

2021 yil ham yarmidan o‘tdi. Bu yil futbol muxlislari ikkita yirik turnir - Yevro-2020 va Amerika Kubogi guvohi bo‘lishdi. Ikkala musobaqa ham o‘tgan yili o‘tkazilishi kerak edi, lekin koronavirus cheklovlari tufayli bir yilga kechiktirildi.

Bilasiz, ko‘pincha, yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan «Oltin to‘p» sovrini aynan yuqorida aytilgan musobaqalarga qarab beriladi. Yaqinda «Oltin to‘p-2021» uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxati ma’lum qilindi. Ko‘pchilik mutaxassis va muxlislar joriy yilda Argentina terma jamoasi bilan Amerika kubogida zafar quchgan Leo Messi sovrin uchun asosiy da’vogar deb aytilmoqda. Ammo, hozir gap bu haqda ham emas. «Stadion.uz» nashri yaqin 5 yil ichida kimlar yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘lishini taxmin qilib ko‘rmoqchi.

«Oltin to‘p-2021». Lionel Messi



Biz yana va yana takrorlaymiz: ko‘pchilik mutaxassilarning fikricha, joriy yilgi «Oltin to‘p» uchun eng munosib nomzod argentinalik Lionel Messi. O‘tgan mavsumda Ispaniyada u «Barselona» bilan faqat mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi, lekin milliy chempionatning «Oltin butsa» sovriniga sazovar bo‘ldi va La Liganing eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Biroq, Leoning asosiy yutug‘i Argentina terma jamoasi bilan Amerika kubogidagi g‘alabasi bo‘ldi. U doimgidek maydonda jamoaning yetakchisi va ularning asosiy motivatori bo‘lib kelgan. Natijada «ko‘k-oqlar» qit’aning eng zo‘r terma jamoasiga aylanishdi va 34 yoshli Messi o‘z karyerasida birinchi marta milliy terma jamoa bilan kubok qo‘lga kiritdi.

«Oltin to‘p-2022». Kilian Mbappe



Bu navbatdagi jahon chempionati o‘tkaziladigan yil. Lekin, ma’lum qilingandek, an’anaga ko‘ra, yozda emas, balki yil oxirida FIFAdan turnir o‘tkazish huquqini olgan Qatarda 50 darajadan past bo‘lmagan paytda o‘tkaziladi. Jahon chempionati o‘tkazilgan yili katta ehtimol bilan turnir natijalariga ko‘ra, «Oltin to‘p» sohibi aniqlandi. Esingizda bo‘lsa, 2018 yildagi Luka Modrichning yutug‘i, 2006 yilda Fabio Kannavaroning muvaffaqiyati.

Yevro-2020 musobaqasida JCH-2018da g‘olib bo‘lgan Fransiya terma jamoasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Qatarda fransuzlar yana avvalgi holatiga qaytishi va xuddi Millatlar ligasidagi kabi turnir g‘olibiga aylanishi mumkin. O‘sha paytda 22 yoshli Kilian Mbappe jamoaning haqiqiy lideriga aylanishi mumkin. U mahoratga ham, shuhratparastlikka ham juda o‘ch (ayniqsa!). Agarda, JCH-2022da Fransiya muvaffaqiyat qozonsa, oxir-oqibat Mbappe «Oltin to‘p» sohibiga aylanishi kerak.

«Oltin to‘p-2023». Jek Grilish


Bu yozda «Manchester Siti» 25 yoshli «Aston Villa» sobiq yarimhimoyachisini Britaniya futbol klublarining transfer rekordchisiga aylantirdi. «Shaharliklar» Jek uchun 100 million funt to‘lashdi, bu Angliya Premyer-ligasida boshqa hech bir futbolchi bilan bo‘lmagan. Grilish va «Siti» o‘rtasidagi shartnoma 6 yilga mo‘ljallangan. Bu esa futbolchiga klubi bilan muvaffaqiyat qozonishi, keyinchalik esa «Oltin to‘p»ga ega chiqishi uchun yetarli vaqt.

Jek o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytarishi kerak. Manchester uning uchun, Angliyada ham, Yevropada ham ko‘p marralarni zabt etish uchun ideal joy bo‘ladi. «Shaharliklar» allaqachon Angliyadagi turnirlaridagi g‘alabalarga o‘rganib qolgan va klubning oldidagi eng katta maqsad Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lish. Agarda, joriy yilda, yoki kelasi mavsumda «Siti» YECHLda g‘alaba qozonsa, ehtimol Grilish «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarga aylanadi.

«Oltin to‘p-2024». Janluiji Donnarumma


Italiya terma jamoasining 22 yoshli darvozaboni Yevro-2020da ajoyib o‘yin namoyish etdi, lekin bu unga France Football sovrini uchun kurashda muvaffaqiyat qozonishi uchun yetarli emas. Qolaversa, u o‘tgan yillar mobaynida klub darajasida muvaffaqiyat qozonmagan. Oldingi mavsumlarda «Milan» faqat Italiya vise-chempioniga aylanishdi va mamlakat kubogida hatto yarim finalga ham chiqa olishmadi.

Bu boshqa masala, aniqrog‘i, 2024 yilda. Donnarumma «PSJ»da o‘ynaydi, u milliy chempionatda maksimal natijaga erishishi, shuningdek, Yevropa maydonidagi biror musobaqada muvaffaqiyat qozonishi kerak. O‘sha yili Germaniyada Yevro-2024 ham bo‘lib o‘tadi. Bu turnirlarning barchasida Jiji o‘z jamoalari safida asosiy tarkibda bo‘lishi shart. Keyin esa u «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarga aylanadi.

«Oltin to‘p-2025». Jamol Musiala



«Bavariya»ning 18 yoshli yarimhimoyachi tezda klubning asosiy tarkib o‘yinchisiga aylandi. Germaniyada tug‘ilgan, lekin Buyuk Britaniyada o‘sgan futbolchi, bu yil qaysi terma jamoada o‘ynashi haqida qaror qabul qildi. U Germaniyani tanladi. Qolaversa, Musiala «Bavariya»da 2019 yilning yozidan beri o‘ynaydi. Avvaliga u Myunxen akademiyasi, so‘ngra «Bavariya II» va keyinchalik klubning asosiy jamoasida o‘ynashni boshladi. Qolaversa, Jamol Musiala «Bavariya»ning Chempionlar ligasida gol urgan eng yosh futbolchisiga aylandi. 2021 yil mart oyida yarimhimoyachi Bundestim tarkibida debyutini o‘tkazdi.

Umuman olganda, Jamol Musialaning o‘yini juda tez rivojlandi. Agarda, futbolchi shu tempda davom etsa, aynan 2025 yilda u hech bo‘lmaganda futbol modasining asosiy tendensiyalarini belgilovchi bo‘lishi kerak va shundagina «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritishini taxmin qilish mumkin.


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Kiritildi: 15:31, 12.10.2021.
O'qildi: 6674 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.