«Atletiko» «Inter» xavbeki Nikolo Barella o‘yinlariga qiziqish bildirmoqda.
U jamoasi bilan shartnomani uzaytirishda hali ham qiyinchiliklarga duch kelyapti. Madridliklar Nikolo atrofidagi vaziyatni jiddiy kuzatmoqda.
Italiyalikning klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. Futbolchi yangi kelishuv bo‘yicha 6 million yevro maosh olmoqchi, «Inter» esa unga atigi 4 million taklif qilishga tayyor.
Futbolchiga bo‘lgan qiziqish u o‘zini yaxshi ko‘rsatgan Yevro-2020dan so‘ng keskin o‘sdi.