Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

"Real Madrid" Ramos bilan nega shartnomani uzaytirmagani ma’lum bo‘ldi

"Real Madrid" Ramos bilan nega shartnomani uzaytirmagani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Madrid klubi boshqaruv doirasiga yaqin bo‘lgan "RMC" jurnalisti Fred Ermel, "PSJ" himoyachisi Serxio Ramos tez orada safga qaytishiga shubha qilmoqda. 35 yoshli ispaniyalik futbolchining tizzasida muammolar bor.

"Eshitishimcha, uning tizzasi avval o‘ylagandan ham yomonroq ahvolda. "Real Madrid" shu sababli u bilan shartnomani uzaytirmadi", - deydi Ermel.

Avvalroq, "PSJ" tibbiy shtabi Ramos hali o‘ynay olishiga ishonmagani haqida xabar berilgan edi. Shu sababli futbolchi shifokorlar bilan janjallashib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Ramos 2021 yil iyul oyida erkin agent sifatida Parij klubi safiga o‘tgandi. Ispaniyalik jarohati tufayli jamoasi safida birorta ham o‘yin o‘tkazmagan.

Manba: Sport-Express.ru
Kiritildi: 06:08, 14.10.2021.
O'qildi: 8613 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик