Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Diyor Imomxo‘jayev "Neftchi" va "Dinamo" haqida fikr bildirdi

Diyor Imomxo‘jayev "Neftchi" va "Dinamo" haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

"Pro liga g‘olibligi uchun o‘tgan Neftchi — Dinamo o‘yini xursand qildi.

Birinchidan, har ikki klub Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa ham, oxirigacha kurashdi, hech kim o‘yinni tashlab yubormadi. Temp jihatdan kecha Superliga o‘yiniga guvoh bo‘ldik.

Ikkinchidan, mezbonlar uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan. Biz bugunga kelib Pro liga g‘olibi bo‘lish zavqini ham oshira oldik. Katta-katta viloyatlar buni katta bayram va quvonch bilan qarshi olishi yoqimli.

Uchinchidan, Pro liga klublari g‘urur uchun o‘ynashni boshlagani yaxshi. Dinamo ham faqat Superliga bilan cheklanmadi, balki Pro liga g‘olibligi uchun borini berdi — bu progressdan dalolat.

To‘rtinchidan, Superliga yo‘llanmasi bilan ikki katta viloyat hokimlari bevosita tabrik yo‘lladi. Samarqand viloyati hokimi o‘z jamoasini feysbuk orqali qutladi, Farg‘ona viloyati hokimi o‘z jamoasi bilan bayramni nishonladi.

P.S. Aynan Neftchi va Dinamo klublari OFK lisenziyalash talablarini bajarish arafasida turibdi. Unutmaslik kerakki, tarixda quyi liga klublari bunday lisenziyaning yaqiniga ham kela olmagan. Biz bu yil plankani biroz ko‘tarishga yaqin turibmiz", - dedi Imomxo‘jayev telegram sahifasida.

Kiritildi: 11:17, 15.10.2021.
O'qildi: 3748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик