Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Xomyakov: «AGMK haqli g‘alabaga erishdi»

Xomyakov: «AGMK haqli g‘alabaga erishdi»

Baho:
+ | -

"Mash’al" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov AGMK - "Mash’al" uchrashuvidan so‘ng o‘yin haqida fikr bildirdi.

— Umuman olganda, ko‘p hollarda o‘zimizni yo‘qotib qo‘ydik. Tezkor gol urdik, lekin shunga qaramasdan, o‘z darvozamizdan ham to‘p olib chiqdik. Qanotlarni boy berdik, ayniqsa, chap qanotni. Uchinchi goldan keyin o‘yinni qutqarishga intildik. Bir nechta vaziyatlarni yaratdik. O‘ylaymanki, AGMK haqli g‘alabaga erishdi va olmaliqliklar bunga loyiq edilar.

— "Mash’al" o‘tgan turda "Nasaf"ga, bugun esa AGMK qarshi o‘ynadi. Qaysi jamoa sizlarga ko‘proq muammo tug‘dirdi?
— Biz o‘z o‘yinimizni har bir raqib jamoaga qarab shakllantiramiz. Boshqa tarafdan bir nechta muammolarimiz bor. Yarim himoya chizig‘i bizni xavotirga solyapti. Umuman, hozir his-hayajondaman va aniq tushuntirib berishim qiyin. "Nasaf" hujumkor jamoa, AGMK ham. Albatta, bu jamoalarga qarshi o‘ynash murakkab. Afsuski, hozircha omad yetishmayapti.

— Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, qishda Ro‘ziqul Berdiyev "Nasaf" bilan shartnoma tuzmagach, qarshiliklar rahbariyati siz bilan muzokara olib borgan ekan. Shu rostmi?
— Bunaqasi mutlaqo bo‘lmagan. Birinchi marta sizdan eshityapman.

— "Mash’al" bilan shartnomangiz bor. Keyingi mavsumda ham jamoada qolasizmi?
— Rahbariyat hamkorlikni davom ettirsa, qolaman. Uzoq muddatli kelishuv bor. Barchasi natijaga va rahbariyatning qaroriga bog‘liq. Ishim qoniqtirsa, qoldirishadi.

— Abduraimov va Murtozayevning ketishi jamoaga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
— Ular "Mash’al" uchun qo‘ldan kelganicha o‘ynashdi. O‘ylashimcha, futbolchilar yangi bosqichga chiqishni xohlashdi. Hayot shunday, har bir inson eng yaxshisini izlashga, rivojlanishga intiladi. Abduraimov va Murtozayev yuqori darajadagi o‘yinchi edi.

— 6 o‘yindan buyon gol urolmayotgan Chika Okvara bugun ham asosiy tarkibda maydonga tushdi. Muborakda undan kuchliroq mahalliy futbolchi yo‘qmi?
— Ha, unda muammolar bor, lekin u 2 ta gol urgan. AGMK standartlarda yaxshi o‘ynaydi. Uni qo‘ymasak, burchak to‘plari va jarima zarbalarida qiynalib qolamiz. Uning bo‘yi kurashlarda faol qatnashishga yordam beradi. Uzun paslar bilan o‘ynashda aynan undan foydalanishga harakat qilamiz. Har doim ham rejalarimiz ish bermaydi. Albatta, hujumchilarga e’tirozlarimiz bor.

— "Mash’al" raqibdan kelib chiqib o‘yin qurishini aytdingiz. Shunday jamoalar borki, o‘yinni o‘zlari nazoratga olishadi. Muborak jamoasi qachon o‘z o‘yinini raqibdan kelib chiqmagan holda, tashkil qiladi?
— Hozir futbol umuman boshqacha o‘ynalyapti. Ilgari o‘yin qurishda maydon sifati xalaqit qilardi. Hozir esa maydonlar yaxshi. Endi xarakter va xohishdan tashqari texnik tomonlarga urg‘u berish kerak. "Mash’al" raqibdan kelib chiqib o‘ynaydi. Qaytaraman, hujumkor futbol ko‘rsatishni albatta, xohlagan bo‘lardim. Muxlislar ham shuni xohlashadi. Biroq mavjud futbolchilardan kelib chiqsak, hozircha buning iloji yo‘q. Umid qilamizki, "Mash’al" yetakchilik qilgan davrlar ham qaytadi.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 07:31, 16.10.2021.
O'qildi: 1351 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.