Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

2021 yilning eng boy futbolchilari: TOP-10

2021 yilning eng boy futbolchilari: TOP-10

Baho:
+1 | -

"Forbes" nashri 2021 yilda eng ko‘p daromad topgan futbolchilar reytingini e’lon qildi. O‘z g‘aznasini eng ko‘p boyitgan 10 nafat o‘yinchi bilan tanishtirib o‘tamiz.

10-o‘rin. Eden Azar (30 yosh)
Klub: "Real Madrid"
Maoshi va bonuslar: $ 26 000 000
Reklama va tijoriy hamkorlik: $ 3 000 000

Azar transferi uchun 118 million dollar sarf etgan Madrid jamoasi bu ro‘yxatga yana bir futbolchini taqdim eta olgan. Edenning o‘zi esa maydonda jarohat olishdan bo‘sh vaqtlari McDonald's brendi reklamalarida suratga tushadi.

9-o‘rin. Garet Beyl (32 yosh)
Klub: "Real Madrid"
Maoshi va bonuslar: $ 26 000 000
Reklama va tijoriy hamkorlik: $ 6 000 000

Uelslik futbolchi o‘zi bir vaqtlar ishlab topgan obro‘ va e’tibor evaziga hozirgacha deyarli futbol o‘ynamay pul topishi mumkin. Masalan, Beyl «Adidas» va "EA Sports" kabi brendlar yuzi hisoblanadi.

8-o‘rin. Pol Pogba (28 yosh)
Klub: "Manchester Yunayted"
Maoshi va bonuslar: $ 27 000 000
Reklama va tijoriy hamkorlik: $ 7 000 000

Pogba ham «Adidas» bilan qiymati 45 million yevro bo‘lgan 10 yillarida shartnomaga ega.

7-o‘rin. Andres Inyesta (37 yosh)
Klub: "Vissel Kobe"
Maoshi va bonuslar: $ 31 000 000
Reklama va tijoriy hamkorlik: $ 4 000 000

Jahon futbolining eng mukammal yarim himoyachilaridan biri 2018 yildan buyon Yaponiyada va kamida 2023 yilgacha shu yerda qoladi.

6-o‘rin. Robert Levandovski (33 yosh)
Klub: "Bavariya"
Maoshi va bonuslar: $ 27 000 000
Reklama va tijoriy hamkorlik: $ 8 000 000

Leva yaqinda RL9 nomi bilan o‘z kiyim-kechak brendini ochdi. Unda, shuningdek, "Nike" bilan shartnoma mavjud.

5-o‘rin. Muhammad Salah (29 yosh)
Klub: "Liverpul"
Maoshi va bonuslar: $ 25 000 000
Reklama va tijoriy hamkorlik: $ 16 000 000

Muhammad Salah o‘z vatani Misrning eng taniqli shaxsi hisoblanadi. Mahalliy va xorij brendlari uni o‘z ramzlariga aylantirish uchun tinmay muzokaralar o‘tkazib kelishadi.

4-o‘rin. Kilian Mbappe (22 yosh)
Klub: "PSJ"
Maoshi va bonuslar: $ 43 000 000
Reklama va tijoriy hamkorlik: $ 28 000 000

O‘z yoshiga nisbatan eng ko‘p gol muallifi bo‘lib turgan Mbappe yaqin vaqt ichida muhim tanlovni amalga oshirish kerak. Bu tanlov uni mazkur reytingda yuqorilatishi ham kutilmoqda.

3-o‘rin. Neymar (29 yosh)
Klub: "PSJ"
Maoshi va bonuslar: $ 75 000 000
Reklama va tijoriy hamkorlik: $ 20 000 000

Braziliyalik futbolchi nafaqat maydonda, balki uning tashqarisida ham juda mashhur. Uni «Facebook», «Twitter» va «Instagram» orqali 300 million odam kuzatadi.

2-o‘rin. Lionel Messi (34 yosh)
Klub: "PSJ"
Maoshi va bonuslar: $ 75 000 000
Reklama va tijoriy hamkorlik: $ 35 000 000

«Barselona»ni ko‘z yoshlar bilan tark etgan Messi Parijda hozircha muammo sezmayapti. Balki starti kutilganidek bo‘lmayotgandir. Ammo, aniq ishonish mumkin-ki, hali Leo barchasini eski tempga olib chiqadi.

1-o‘rin. Krishtianu Ronaldu (36 yosh)
Klub: "Manchester Yunayted"
Maoshi va bonuslar: $ 70 000 000
Reklama va tijoriy hamkorlik: $ 55 000 000

Krishtianu Ronaldu maydondagi rekordlardan tashqari, moliyaviy jabhada ham tarixga kirmoqda. Yaqindagina u faoliyati mobaynida jami ishlab topgan mablag‘lari qiymatini 1 milliard dollarga yetkazdi. Bu bir futbolchi uchun unikal hodisadir.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 09:22, 16.10.2021.
O'qildi: 14402 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.