Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

A Seriya. Amaldagi chempion «Inter» bugun «Lasio» mehmoni bo‘ladi (prevyu)

A Seriya. Amaldagi chempion «Inter» bugun «Lasio» mehmoni bo‘ladi (prevyu)

Baho:
+ | -

Italiya chempionati 7-turi doirasida Rimning «Lasio» klubi o‘z maydonida Milanning «Inter» jamoasinin qabul qiladi.

Joriy mavsum mag‘lub bo‘lmagan «Inter» chempionlikni saqlab qolish uchun ko‘p ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi. «Napoli» barcha o‘yinlarda g‘alaba qozongan holda «Inter»dan 4 ochko oldinda bormoqda.

Mazkur o‘yinga aloqador qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

«Inter» bugun «Lasio» darvozasiga gol ursa, bu 250-gol bo‘ladi. Italiya chempionatida faqatgina «Yuventus» (275) rimliklar darvozasiga «neradzurrilar»dan ko‘proq gol kiritgan.

«Lasio» A Seriyada «Inter»ga qarshi oxirgi 10 o‘yinda faqat ikki marta g‘alaba qozongan (2 durang, 6 mag‘lubiyat). 2016/2017 yilgi mavsumdan beri rimliklar hech bir jamoa ustidan bunchalik kam g‘alabaga erishishmagan (Minimum 3 o‘yin).

A Seriyada «Inter»ni ketma-ket 4 marta mag‘lub etgan «Lasio», oxirgi 7 o‘yinning ikkitasida g‘alaba qozongan (1 durang, 4 mag‘lubiyat).

Oxirgi uchrashuvda «Bolonya»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin Rim jamoasi mart oyidan beri birinchi bor qatorasiga ikkinchi o‘yinda imkoniyatni boy berishi mumkin.

«Lasio» A Seriyada oxirgi 16 uy o‘yinida mag‘lubiyatga uchramagan (14 g‘alaba, 2 durang). Bu 2002 yildan beri eng uzun seriya hisoblanadi. O‘shanda klub qatorasiga 22 uy o‘yinida mag‘lub bo‘lmagan.

«Inter» o‘z tarixida ilk bor musobaqaning ilk 7 turining har birida kamida ikkitadan gol urishga erishdi. Ular joriy mavsum hozirga qadar 22 gol kiritishdi. Umuman, 8 turdan keyin eng ko‘p gol urgan «Inter» 1950/51 yilda bo‘lgan (25 gol).

«Lasio» va «Inter» joriy mavsum Italiya chempionatida eng ko‘p gol kiritgan uch klubdan ikkitasi hisoblanishadi (uchinchi jamoa «Torino»).

«Lasio» tarixida hozirgi «Inter» ustozi bo‘lib turgan Simone Inzagi eng ko‘p ochko qo‘lga kiritish bo‘yicha Sven Goran Erikssondan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi (o‘rtacha har bir o‘yinga 1,82 ochko/1,9) - eng kamida 50 o‘yin.

Sergey Milinkovich-Savich Italiya chempionatida «Inter» darvozasini 4 marta nishonga olgan. U hech qaysi klubga buncha ko‘p gol urmagan. Uning navbatdagi goli barcha musobaqalarda «Lasio» uchun urilgan 50-si bo‘ladi.

Edin Jeko joriy mavsum 7 o‘yinda 6 gol urdi - faqatgina uch futbolchi «Inter»dagi dastlabki 8 o‘yinda 7+ gol kiritgan. Bular: Ners (8, 1948/49), Amadei (7, 1948/49) va Quaresima (7, 1947/48).

Jamoalarning bo‘lajak uchrashuv uchun taxminiy tarkibi

Lasio - Reina, Marushich, Felipe, Patrik, Hysay, Alberto, Milinkovich-Savich, Leyva, Pedro, Immobile, Anderson

Inter - Xandanovich, Shkrinyar, De Vray, Bastoni, Dumfriyes, Barelya, Brozovich, Chalxano‘glu, Perishich, Martines, Jeko.

 

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Massimiliano Irrati

Qanot hakamlari: Juzeppe Perrotti, Domeniko Palermo

Zaxira hakami: Janluka Manganiyello

VAR: Paolo Mazzo

VAR yordamchisi: Fabiano Pretti

 

Ayni vaqtda «Inter» 17 ochko bilan uchinchi, «Lasio» 11 ochko jamg‘argan holda Italiya chempionatida oltinchi pog‘onada bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs bugun Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 11:03, 16.10.2021.
O'qildi: 1358 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.