"Chelsi" yozda "Norvich"ga ijaraga bergan Billi Gilmurni yanvar oyida ortga qaytarishi mumkin. Bunga "kanareykalar" ustozi Daniyel Farkening so‘zlari sabab bo‘ladi.
U ijara futbolchilar haqida "bizning klub o‘zga futbolchilarni tarbiyalab beradigan joy emas" degan edi. Bu esa "Chelsi"da norozilik uyg‘otgan. 20 yoshli Gilmur "Arsenal"ga qarshi bahsda maydonga tushirilgan. U shundan beri uchta bahsda ishtirok etgan.