Kirish Ro'yxatdan o'tish

Messining xet-triki bekor qilindi

Messining xet-triki bekor qilindi

Baho:
+ | -

MLS muntazam chempionati doirasida bo‘lib o‘tgan «Sinsinnati» va «Inter Mayami» (3:5) uchrashuvi yakunlanganidan so‘ng, tashkilotchilar bahsdagi so‘nggi gol muallifi borasidagi qarorini o‘zgartirdi.

Uchrashuvning 89-daqiqasida «shaharliklar» tomonidan kiritilgan gol avvaliga rasmiy saytda Lionel Messi nomiga yozilgan edi. Biroq bir necha daqiqa o‘tgach, liga rahbariyati ushbu vaziyatni qayta ko‘rib chiqib, golni «Sinsinnati» darvozaboni Roman Chelentanoning avtogoli sifatida qayd etdi.

Shu tariqa, 38 yoshli Messining ushbu o‘yindagi ko‘rsatkichi xet-trikdan dublga aylandi. Shuningdek, uning hisobida bitta golli uzatma ham bor. Ma’lumot uchun, Lionel Messi faoliyati davomida urgan rasmiy gollar soni endilikda 909 tani tashkil etmoqda.

Kiritildi: 08:49, 14.05.2026.
O'qildi: 4187 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик