Kirish Ro'yxatdan o'tish

Anchelotti Neymar bo‘yicha o‘z qarorini qabul qildi

Anchelotti Neymar bo‘yicha o‘z qarorini qabul qildi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kutilmagan qaror qabul qilib, yulduz hujumchi Neymarni jahon chempionati yakuniy qaydnomasiga kiritishga qaror qildi.

«Santos»ning 34 yoshli a’zosi atrofidagi ko‘plab shubha va muhokamalarga qaramay, bo‘lajak mundialga boradigan bo‘ldi. Bu haqda The Touchline nashri Jovem Pan Esportes manbasiga tayanib xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, «pentakampeonlar»ning rasmiy qaydnomasi 18 may kuni e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, Neymar 2023 yilning kuzidan buyon Braziliya terma jamoasi libosida maydonga tushmagan edi.

JCH-2026 guruh bosqichida «selesao» Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 10:58, 14.05.2026.
O'qildi: 5697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик