«Real»ning bo‘lajak bosh murabbiyi Joze Mourinyu «Liverpul»ni erkin agent sifatida tark etgan markaziy himoyachi Ibraima Konatening Madrid klubiga o‘tishini ma’qulladi, deb xabar beradi «Cadena SER».
27 yoshli fransiyalik futbolchi David Alaba ketganidan so‘ng, shuningdek, Antonio Ryudiger va Eder Militao tez-tez jarohat olayotgani sababli «Real»ning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.
Agar Konate «Real»ga o‘tsa, u jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchilari qatorida bo‘lmaydi — uning maoshi Trent Aleksander-Arnold darajasida bo‘ladi.
Avvalroq, Florentino Peres klub prezidenti lavozimiga qayta saylansa, «Madrid» Konate bilan «4+1» sxemasi bo‘yicha shartnoma imzolashi ma’lum bo‘lgan edi.













