Kirish Ro'yxatdan o'tish

Romano «Real»ning shov-shuvli transferlari haqida: «Bu hali boshlanishi»

Romano «Real»ning shov-shuvli transferlari haqida: «Bu hali boshlanishi»

Baho:
+ | -

Taniqli insayder Fabrisio Romano Madridning «Real» klubi transfer bozorida faol ishlashda davom etishiga ishonmoqda.

«Qirollik klubi» allaqachon Milanning «Inter» jamoasidan Denzel Dyumfrisning transferini kelishib oldi, shuningdek, «Liverpul»ni tark etgan erkin agent Ibraima Konate ham jamoa safiga qo‘shilishi mumkin.

Romanoning xabarlariga ko‘ra, bu «Real» uchun faqat boshlanishi. «Qirollik» klubi yoz davomida yana bir qator bitimlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Denzel Dyumfrisning transferi La Liga grandiga 20 million yevroga tushadi, bu 30 yoshli futbolchining «Inter» bilan shartnomasidagi tovon puli bandida ko‘rsatilgan. Madridliklarning yangi murabbiyi Joze Mourinyo bo‘lishi kutilmoqda, u ham transfer ishlarida faol ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 12:00, 03.06.2026.
O'qildi: 916 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик