Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

«Barselona» tarkibida «tozalash» ishlari boshlandi

«Barselona» tarkibida «tozalash» ishlari boshlandi

Baho:
+1 | -

«Barselona» yangi mavsum oldidan maoshlar vedomostini qisqartirish va ayrim futbolchilarni sotish bo‘yicha faol ish boshladi.

Ispaniyaning Sport nashri ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish, 1:1 qoidasiga qaytish va transfer bozorida to‘liq faoliyat yuritish uchun jamoa xarajatlarini kamaytirishni rejalashtirmoqda. Bu sport direktori Dekuning rejalarini amalga oshirishda muhim shart sifatida baholanmoqda.

Qayd etilishicha, «ko‘k-anorranglilar» yozgi ilk transferini allaqachon e’lon qilgan bo‘lib, jamoaga Entoni Gordon kelib qo‘shildi. Shuningdek, klub hujumchi Xulian Alvares bo‘yicha muzokaralarda ham sezilarli ilgarilagan. U Robert Levandovski ketganidan keyin markaziy hujumchi pozisiyasi uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Bundan tashqari, «Barselona» erkin agent maqomidagi Bernardu Silva bilan shartnoma imzolash ustida ham ish olib bormoqda.

Bu rejalarni amalga oshirish uchun klub joriy moliyaviy yilni ijobiy balans bilan yakunlashi kerak. Shu sababli rahbariyat Deku va Boyan Krkich boshchiligida bir qator ehtimoliy "tozalash"lash bo‘yicha ishlarni tezlashtirgan.

Jamoani tark etishga eng yaqin futbolchilardan biri — Ansu Fati. «Barselona» tarbiyalanuvchisi yaqin kunlarda rasman «Monako» futbolchisiga aylanishi kutilmoqda. Kataloniya klubi uning transferidan 11 million yevro ishlab olish va kelajakdagi ehtimoliy sotuvdan foiz saqlab qolishni rejalashtirmoqda.

Ketishi mumkin bo‘lgan yana bir futbolchi — Runi Bardagji. 20 yoshli shvesiyalik vinger ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda, ammo uning pozisiyasida Lamin Yamal harakat qilmoqda. Xans-Diter Flik bilan suhbatdan keyin futbolchi kelasi mavsumdagi roli cheklangan bo‘lishi mumkinligini tushunib yetgan. Bardagji ijara asosida ketishga tayyor, biroq «Barselona» uni keyinchalik qayta sotib olish huquqi bilan sotish variantini afzal ko‘rmoqda.

Klub shuningdek Mark Kasadoning kelajagini ham muhokama qilmoqda. Yarim himoyachi ona jamoasida qolishni xohlayotgan bo‘lsa-da, maydon markazidagi kuchli raqobat sabab ketish ehtimolini ham istisno etmayapti. Uning agenti Jorje Mendeshda Yevropa va Saudiya Arabistoni klublaridan takliflar mavjud. «Barselona» futbolchiga bosim o‘tkazmaydi, ammo ehtimoliy transfer uchun kamida 20 million yevro talab qilmoqchi.

Alohida e’tibor markazidagi masala — Mark-Andre ter Shtegenning kelajagi. Uning «Jirona»dagi ijarasi jarohat va jamoaning elita divizionini tark etgani sabab omadsiz kechdi. Darvozabon erkin agent sifatida ketishni istamayapti, klub esa har ikki tomonni qoniqtiradigan yechim izlamoqda.

Eng ehtimoliy ssenariy sifatida yana bir ijara varianti ko‘rilmoqda. Biroq bunday holatda «Barselona» futbolchining maoshining bir qismini to‘lashga majbur bo‘ladi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Ter Shtegenning jismoniy holati va 2028 yilgacha amal qiladigan shartnomasi sabab uning masalasini 30 iyunga qadar hal qilish juda mushkul vazifa bo‘lib turibdi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 10:17, 03.06.2026.
O'qildi: 8750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик