Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, ushbu bosqichda bir qator markaziy va qiziqarli bahslar guvohiga aylanishimiz ma’lum bo‘ldi. Xususan, Farg‘onaning «Neftchi» jamoasi o‘z maydonida Toshkentning «Paxtakor» klubini qabul qilsa, Namanganning «Navbahor» jamoasi Qarshining «Nasaf» klubi bilan kuch sinashadi.
O‘zbekiston kubogi, 1/8 final juftliklari:
«So‘g‘diyona» — «QMU Jayhun»
«Andijon» — «Olimpik-MobiUz»
«Neftchi» — «Paxtakor»
«Surxon» — «Guliston»
OKMK — «Xorazm»
«G‘azalkent» — «Qo‘qon-1912»
«Bunyodkor» — «Lokomotiv»
«Navbahor» — «Nasaf»













