«Atletiko» hamda Argentina milliy terma jamoasi hujumchisi Xulian Alvares «Barselona»ga o‘tish arafasida turibdi.
Argentinalik jurnalist Gaston Edul DSports Radio efirida kataloniyaliklar klubi futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini allaqachon kelishib olganini ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar besh yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Shu bilan birga, Alvares «PSJ»ning qiziqishiga qaramay, faoliyatini davom ettirish uchun ustuvor variant sifatida aynan «Barselona»ni ko‘rmoqda.
«Bu haqda katta ishonch bilan ayta olaman — Xulian Alvaresning kelasi mavsumda “Atletiko”da qolib ketishi juda ham ehtimoldan yiroq», — dedi Edul.
Avvalroq «ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik argentinalik futbolchini jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rayotgani haqida xabar berilgan edi.
O‘tgan mavsumda Alvares «Atletiko»ning yetakchilaridan biri bo‘lib, qator Yevropa grandlarining e’tiborini tortdi. Endi uning «Barselona»ga ko‘chib o‘tishi tobora ehtimoliyroq bo‘lib bormoqda.













