Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Nyukasl» yangi egalari qo‘l ostida barchaning e’tiborini jalb qildi, faqat...

«Nyukasl» yangi egalari qo‘l ostida barchaning e’tiborini jalb qildi, faqat...

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, kecha APL navbatdagi turi doirasida «Nyukasl» o‘z maydonida «Tottenxem»ni qabul qildi. «Qarg‘alar» yaqin orada shayxlar qo‘liga o‘tgach, qizg‘in muhokama maydonida bo‘lib turibdi. Biroq kecha ushbu uchrashuv davomida yana bir voqea sodir bo‘ldiki, u barchaning diqqatini o‘ziga qaratdi.

 

Bahsning birinchi bo‘limi tugashiga besh daqiqa qolgan bir paytda uchrashuvni to‘xtatishga to‘g‘ri keldi, bunga tribunadagi bir muxlisning bexosdan hushini yo‘qotgani sabab bo‘ldi.

Ushbu hodisaga yaqinroq bo‘lgan «Tottenxem» futbolchilari vaziyatni tezda anglashdi. Himoyachi Serxio Regilon darhol hakamga yuzlandi va unga voqea haqida aytib berdi, shundan so‘ng esa o‘yin to‘xtatildi. Uning jamoadoshi Erik Dayer esa zudlik bilan zaxira o‘rindig‘iga yugurdi va o‘z klubi shifokorlarini yordamga chaqirdi.

 

«Nyukasl» bosh shifokori Pol Katterson darhol maydonga yugurdi. Natijada, muxlisning yurak xurujiga uchragani tezda ma’lum bo‘ldi.

Uchrashuv noma’lum muddatga to‘xtatildi, qo‘shimcha shifokorlar darhol yordamga yetib kelishdi. Ushbu kichik to‘xtatilish birinchi bo‘limning asosiy vaqti tugaguncha davom etdi, hakam taymga yetti daqiqa vaqt qo‘shib berdi, biroq tez tibbiy yordamga sarflangan vaqt to‘liq kompensasiya qilinmadi. Jamoalar yechinish xonasiga jo‘nab ketgach, ikkinchi bo‘lim 20 daqiqa o‘tganidan so‘ng boshlandi. «Nyukasl» tomoshabinlari «Tottenxem» futbolchilarini, ayniqsa Regilon va Dayerni qarsaklar bilan kutib olishdi.
«Men muxlislardan biri o‘zini yomon his qilayotganini, ikkinchisi esa unga sun’iy nafas berayotganini ko‘rdim», - deydi Regilon Sky Sportsga bergan intervyusida.

«Men juda asabiylashdim, hakamning yoniga bordim va o‘yinni to‘xtatish kerakligini aytdim. Muxlislar ham "To‘xtang, to‘xtating" deb baqirishardi», - deya hayajonlarini ifoda etadi Harri Keyn. U «Nyukasl» muxlisiga o‘zi va sheriklari nomidan sog‘lik tilab, yordamga kkelganlarning barchasiga minnatdorchilik bildirdi.

Stadionda bo‘lgan «Okko» muxbiri Anastasiya Romanovskayaning so‘zlariga ko‘ra, bu odamni qutqarib qolishning deyarli iloji yo‘q degan taxminlar ham bor edi. Ammo keyin muxlisning ahvoli barqarorlashgani va u o‘zini kasalxonada yaxshi his etayotgani butun stadion bo‘ylab e’lon qilindi. Bu haqda «Nyukasl»ning Tvitterida maxsus post ham paydo bo‘ldi.

Darhaqiqat, ushbu voqea fonida uchrashuv senariysi ikkinchi planga chiqib qolmadi. O‘yin bir qator muhim voqeliklari bilan muxlislarni so‘nggi soniyalargacha diqqat markazda ushlab turgani bor gap. «Nyukasl» birinchi bo‘lib gol urdi, biroq keyinchalik raqibidan uchta gol o‘tkazib yubordi. Yodda qolarli voqea sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, Xarri Keyn APLda joriy mavsumdagi ilk golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Bunga naq 8 ta o‘yin kerak bo‘ldi.

Angliyalik futbolchi qo‘shimchasiga bir assistni ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. «Nyukasl» esa farqni atigi yana bittaga qisqartira oldi xolos. Stiv Bryusning 1000-uchrashuvi sifatida qayd etilgan bahs 2-3 ko‘rinishida yakunlandi. Ushbu natija endi unga klubning yangi davrida murabbiy sifatida qolishiga yordam berishi dargumon.

Voqealarni kuzatishda davom etamiz.

Kiritildi: 21:18, 18.10.2021.
O'qildi: 3310 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.