Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/10 00:45 Jenoa 2-0 Yuventus
29/10 00:45 Monsa 1-4 Napoli
29/10 12:45 Adelaida Yun. 0-2 Lion Siti Seylors
29/10 15:00 Tampines Rovers 1-5 Svay Rieng
29/10 15:00 Kangvon 1-0 Kuching Siti
29/10 17:15 Tay Po 0-3 Pathum Yunayted
29/10 17:15 Shanghai Shenhua 0-1 Matida Zelviya
29/10 17:15 Pnompen Kraun 2-0 Kitchi
29/10 22:30 Frozinone 5-1 Lechche
30/10 00:45 Fiorentina 2-2 Atalanta
30/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Qizilqum
30/10 18:30 So‘g‘diyona - Buxoro
30/10 18:30 Xorazm - Paxtakor
31/10 01:00 Vilyarreal - Espanyol
31/10 17:00 Surxon - Nasaf
31/10 17:00 Mash’al - Dinamo
31/10 17:30 Chelsi - Man. Yunayted
31/10 18:00 Levante - Atletiko
31/10 19:00 Navbahor - Andijon
31/10 19:00 Bolonya - Monsa
31/10 20:00 Bornmut - Lids
31/10 20:00 Brentford - Nottingem Forest
31/10 20:00 Koventri Siti - Sanderlend
31/10 20:00 Xall Siti - Ipsvich
31/10 20:00 Manchester Siti - Brayton
31/10 20:15 Rayo Valyekano - Selta
31/10 22:00 Udineze - Roma
31/10 22:30 Betis - Malaga
31/10 22:30 Tottenhem - Kristal Pelas

Pochettino, Errera va Xakimi PSJning «Leypsig» ustidan qozongan g‘alabasidan keyin fikrlarini bildirib o‘tishdi

Pochettino, Errera va Xakimi PSJning «Leypsig» ustidan qozongan g‘alabasidan keyin fikrlarini bildirib o‘tishdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Chempionlar Ligasi guruh bosqich 3-turi doirasida PSJ o‘z maydonida «Leypsig» klubi qabul qildi va irodali g‘alabaga (3:2) erishdi. Uchrashuvdan keyin bosh murabbiy Maurisio Pochettino, yarim himoyachi Ander Errera hamda o‘ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimi o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

"Juda qiyin o‘yin bo‘ldi, lekin yakunda uch ochkoni qo‘lga kiritdik va bundan xursandmiz. O‘yindan oldin biz guruhda yetakchi bo‘lishimiz muhim ekanligini tushinib turgandik. Juda yaxshi jamoaga qarshi o‘ynadik, oson bo‘lgani yo‘q, yakunda biz g‘alabaga munosib harakat qildik.

O‘ylaymanki, gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin bizga qiyin bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limni o‘zimiz istagandek boshlamadik va ikkinchi golni ham qo‘yib yubordik. Ammo, shundan keyin futbolchilar va jamoa mavsum davomida ko‘rsatib kelayotgan xarakterni namoyish etishdi. Albatta, yaxshilash kerak bo‘lgan jihatlarimiz borligini bilamiz va buning ustida ishlaymiz. Hozir bu g‘alabadan keyin o‘yinchilarni ruhlantirishimiz va xursand bo‘lishimiz kerak. Chunki, ular yaxshi harakat qilishdi", — dedi Pochettino.

"Albatta, o‘yinda qiynaldik. Bahsdan oldin ular dinamik futbol ko‘rsatadigan jamoa ekanligini bilardik va ular mazkur bellashuvda g‘alaba qozonishlari kerak edi. Chunki, ularning hisobida ochko yo‘q. Ular bilan o‘ynash og‘ir bo‘lishini tushinib turgandik. Sababi, oxirgi ikki mavsum mazkur raqibga qarshi allaqachon o‘ynaganmiz. Dastlabki 20-25 daqiqani yaxshi boshladik va keyin o‘yinda nazoratni yo‘qotib qo‘ydik. Bu borada ham ishlashimiz kerak. Keyin ikkinchi bo‘limda amalga oshirilgan o‘zgarishlar bizga shijoat berdi va tizimdagi almashinuvlar ham bizga yordam berdi va bundan xursandmiz. Umuman olganda, g‘alabaga munosibmiz, lekin shuningdek yaxshilashimiz kerak bo‘lgan jihatlar bor. Chunki, biz 90 daqiqa davomida o‘yinni nazorat qilishimiz kerak, bunga intilamiz. Buni har doim ham iloji yo‘q, ammo harakat qilamiz. O‘yinni boshida yaxshi harakatlandik, ammo keyinchalik nazoratni biroz qo‘ldan chiqarib yubordik", — dedi Ander Errera.


"Bu Chempionlar Ligasi, bugun haqiqiy shu musobaqa o‘yini bo‘ldi. Juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Buyuk jamoa va o‘yinchilarga ega klub. Bugun ko‘plab gollar guvohiga aylandik va uch ochko olganimizdan xursandmiz. Ha, aytib o‘tganimizdek, jamoam hech qachon taslim bo‘lmaydi, qattiq ishlaymiz. Bu bizning xarakterimizning bir qismi. Hisobda ortda qolayotganimizda uch ochko olish uchun oxirigacha kurashamiz va bu narsa bugun ham sodir bo‘ldi. Buning ustida ishlaymiz va aytib o‘tganimdek juda ham xursandman", - deya ta’kidladi Xakimi.


Manba: en.psg.fr
Kiritildi: 08:30, 20.10.2021.
O'qildi: 2878 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик