Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rodjers uchun APL Yevropa ligasidan ustunmi? Vardi nima uchun zaxirada qoldi?

Rodjers uchun APL Yevropa ligasidan ustunmi? Vardi nima uchun zaxirada qoldi?

Baho:
+ | -

«Lester» bosh murabbiyi Brendan Rodjers «Spartak» bilan bo‘ladigan uchrashuv haqidagi taxminlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Biz endigina boshlang‘ich tarkiblar bilan tanishdik. Shunga qaramay, Jeymi Vardi asosiy tarkibda emas. Bu Premyer-liga siz uchun haligacha ustuvor vazifa ekanligini anglatadimi?

- Yo‘q, aslo, har bir uchrashuvda g‘alaba qozonish bizning ustuvor vazifamiz. Siz tushunishingiz kerakki, Jeymi Vardi yoshi katta va tajribali futbolchi.

U shunga qaramay istalgan uchrashuvda bir xil tempda o‘ynashi mumkin. Haqiqiy mashina. U haqiqatan ham mutlaqo mashina kabi tezkor.

Lekin baribir nima bo‘lgan taqdirda ham birinchi navbatda inson, buni inobatga olish kerak. Bizning zaxiramizda o‘zini yuqori darajada ko‘rsatishga tayyor yosh va shijoatli futbolchilar bor.

 

Shu sababli rotasiya qilishga qaror qildim. Bugun Dakaga imkon berishga qaror qildim. U tezkor va tajovuzkor o‘yinchi. Shuning uchun biz unga umid qilmoqdamiz va Jeymi Vardi zaxiradan maydonga tushishi mumkin, agar kerak bo‘lsa, u albatta chiqadi», — deydi Rodjers.

Kiritildi: 19:51, 20.10.2021.
O'qildi: 2143 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик