Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Arteta "Aston Villa"ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirdi

Arteta "Aston Villa"ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-Ligasi 9-turidan o‘rin olgan «Arsenal» - "Aston Villa" uchrashuvidan oldin mezbonlar bosh murabbiyi Mikel Arteta matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugun ham mashg‘ulotlar o‘tkazdik, "Kristal Pelas" bilan o‘yinda muammolarga duch kelgan 2-3 nafar futbolchilarimiz bor va ularning holatini bugun ko‘rib chiqamiz".

Bukayo Sakaning sport formasi haqida

"U haligacha mashg‘ulot o‘tkazgani yo‘q, shuning uchun bugun uni yana tekshiruvdan o‘tkazamiz va holati qandayligini ko‘ramiz".

Lyakazett haqida

"Hozirgi bajarayotgan ishida bardavom bo‘lishi kerak. Uning jamoaga ta’siri katta. Buni «Brayton»ga qarshi o‘yinda ham guvohi bo‘ldik. U juda ko‘p o‘yinlarda qatnashga, men bu yerga kelganimdan beri o‘ynab kelayotgan va juda ham muhim o‘yinchi. Muhim bo‘lib qolaveradi".

"Aston Villa" haqida

"Bu sinov va ularga qarshi qanday qiyin bo‘lishini ko‘rsatib bo‘lishgan. Chunki yaqinda ularga qarshi o‘yinda o‘zimiz istagan natijaga erishmadik. Ular jamoa tarkibini kuchaytirganini bilamiz. Oxirgi mavsumlarda katta maqsadlarga ega bo‘lib borayotgan jamoaga qarshi bizni qiyin o‘yin kutib turibdi.

Bukayo Saka maydonga tushishi borasida biror narsa deya olmayman. Bu shifokorlarga va o‘ziga bog‘liq. U qanday tiklanishini va mashg‘ulotlarda o‘zini qanday tutishiga qarab bir qarorga kelamiz".

"Aston Villa" londonliklarga nisbatan 48 soat ko‘proq vaqtga ega bo‘ladi va bu ta’sir qilishi mumkin.

"Umid qilamanki, bunday bo‘lmaydi. Biz yetarlicha vaqtga egamiz deb umid qilaman va hammaning e’tibori bir joyga qaratilgan. Uyimizda o‘ynaymiz. Ularni mag‘lub etish uchun qanday o‘ynash usuli kerakligini bilamiz va e’tiborimiz shunga qaratilgan".

Martinesning sotilishi haqida

"Biz yaxshi va manfaatli qaror qabul qilganmiz. U juda ham kuchli klub a’zosi edi. Emiliano klubdagi sarflagan yillariga munosib edi. Uning faoliyati boshqalarnikidan ajralib turishini unutmang. Uning maqsadlari, e’tiqodi va faoliyatini qayerda davom ettirishi boshqacha bo‘ldi. Bu uchun kutilmaganda sodir bo‘ldi. Chunki, buning uchun u juda ko‘p vaqt kutdi. O‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olayotganidan xursandman. U ajoyib darvozabon. U bilan o‘ynaganman, boshqarganman. Unda qoyilmaqom indivuallik mavjud. U buni "Aston Villa" va terma jamoada ham ko‘rsatmoqda. U uchun xursandligimni ayta olaman".

Manba: arsenal.com
Kiritildi: 15:32, 22.10.2021.
O'qildi: 1979 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.