Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Superliga. «Qizilqum» «Surxon»ga minimal hisobda yutqazdi, «Bunyodkor» so‘nggi daqiqalarda urilgan gollar evaziga g‘alabaga erishdi

Superliga. «Qizilqum» «Surxon»ga minimal hisobda yutqazdi, «Bunyodkor» so‘nggi daqiqalarda urilgan gollar evaziga g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionatining 23-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 22 oktyabr, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

«Surxon» va «Qizilqum» o‘rtasidagi bahsda mezbonlar kichik hisobda g‘alaba qozondi. Mezbonlarning yagona goliga Jasur Xolto‘rayev mualliflik qildi.

«Surxon» g‘alabadan keyin 22 ochko bilan 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Qizilqum» esa mazkur mag‘lubiyatdan so‘ng 31 ochko bilan 8-o‘rinda qoldi.

Juma kungi ikkinchi o‘yinda «Bunyodkor» o‘z uyida «Turon»ni qabul qildi. Uchrashuvning 34-daqiqasida Xurshid G‘iyosov penaltidan unumli foydalanib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 76-daqiqada Humoyun Murtazoyev penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi. Hakam qo‘shib bergan daqiqalarda esa Umarali Rahmonaliyev va Nurillo To‘xtasinov gol urib, «Bunyodkor»ning ishonchli g‘alabasini ta’minladi.

Qayd etish kerak, har ikki jamoadan ham bir nafardan futbolchi qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Avvaliga 65-daqiqada Lutfulla To‘rayev ikkinchi sariq kartochkani oldi va maydonni tark etdi. Uchrashuvning 80-daqiqasida Dayan Ponevich ham ikkinchi sariq bilan maydondan chetlatildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Bunyodkor» ochkolari sonini 36 taga yetkazib, 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Turon» esa 13 ochko bilan eng so‘nggi pog‘onada bormoqda.

Superliga, 23-tur bahslari
22 oktyabr, juma
«Surxon» — «Qizilqum» 1:0
Gollar: 1:0 — 55 Xolto‘rayev
«Surxon»: 12. Rustam Nortojiyev, 4. Javohir Sohibov, 5. Jasur Yoqubov, 6. Alisher Salimov, 7. Islom Toshpo‘latov, 8. Jahongir Ahmadov, 11. Zohir Pirimov (9. Nizomjon Norov, 73), 14. Jasur Xolto‘rayev (99. Komron Saydazamov, 90+2), 20. Husniddin G‘ofurov, 60.O‘rol Choriyev (19. Nuriddin Hasanov, 87), 66. Behruz Shaydulov.
«Qizilqum»: 1. Ignatiy Nesterov, 6. Erkin Boydullayev, 7. Islom Kenjaboyev (10. Mate Vasadze, 81), 8. Giorgi Kuxianidze, 17. Salim Mustafoyev, 19. Jamshid Hasanov (9. Behruz Sadilloyev, 46), 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 25. Azizbek Usmonov, 30. Elguja Grigalashvili, 33. Shahzod Turopov, 75. Oleg Tolmasov.
Ogohlantirish: Sadilloyev (70).

«Bunyodkor» — «Turon» 3:1
Gollar: 1:0 — 34 G‘iyosov (penalti), 1:1 — 76 Murtozayev (penalti), 2:1 — 90+3 Rahmonaliyev, 3:1 —  90+6 To‘xtasinov.
«Bunyodkor»: 1. Ravshan Yagudin, 4. Davron Ergashev, 6. Avaz O‘lmasaliyev, 10. Xurshid G‘iyosov, 13. Lutfulla To‘rayev, 17. Odil Abdurahmonov, 19. Nurillo To‘xtasinov, 22. Shahboz Erkinov (33. Umarali Rahmonaliyev, 70) 30. Abdulla Ablullayev, 34. Suhrob Izzatov (26. Ulug‘bek Abdullayev, 82), 49. Ibrohim Tomiva.
«Turon»: 1. Nizomiddin Ziyovuddinov, 6. Sardor Abduraimov (11. Asilbek Qayumov, 88), 7. Sunnatilla Abdullajonov, 8. Sunnatilla Ermatov (30. Sinisha Babich 46), 9. Humoyun Murtozayev, 10. Ixtiyor Toshpo‘latov, 18. Fozil Musayev, 19. Vladislav Kosminin, 23. Otabek Zokirov ( 4. Asliddin Toshtemirov, 46), 55. Dayan Ponevich, 77. Bilol Toshmirzaev.
Ogohlantirishlar: Ponevich (33), To‘rayev (59).
Chetlatish: To‘rayev (65), Ponevich (81).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:24, 22.10.2021.
O'qildi: 2269 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.