Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

“Nyukasl” “PSJ” va “Manchester Siti”ning transfer siyosatidan o‘rnak olishi kerakmi?

“Nyukasl” “PSJ” va “Manchester Siti”ning transfer siyosatidan o‘rnak olishi kerakmi?

Baho:
+ | -

 

Oktyabr oyi boshida futbol jamoatchiligini Saudiya Arabistoni davlat investisiya jamg‘armasi tomonidan “Nyukasl” klubining xarid qilganligi haqidagi xabar hayratga soldi. "Nyukasl" - Angliyaning eng mashhur klublaridan biri, yaxshi muxlislar bazasi va rivojlangan infratuzilmasiga ega jamoadir. Shu tariqa “qarg‘alar” futbol olamidagi eng boy klubga aylanishdi.

Endi esa, jahon ommaviy axborot vositalarida "Nyukasl"ning yangi transferlari haqidagi xabarlar paydo bo‘la boshladi. Mish-mishlarga ko‘ra, klub rahbariyati Verner, Koutinyo va Beyl kabi ko‘plab yulduz futbolchilarga qiziqish bildirmoqda.

Biz arab shayxlari sotib olgan boshqa klublar - "Manchester Siti" va "PSJ"ning ilk transferlarini eslab o‘tamiz. Aytgancha, "shaharliklar" 2008 yilda egasini almashtirgan va Fransiya poytaxti jamoasi 2011 yilda qatarliklar nazoratiga o‘tgan.

"PSJ" va "Manchester Siti" misollaridan foydalanib, biz "yangi boy" qishki transfer oynasida kimni sotib olishi mumkinligini taxmin qilib ko‘ramiz.

Yosh, ammo kamchiliklari bor yulduz

Vinisius Junior (“Real Madrid”)

Solishtiruv: Robinyo (“Manchester Siti”)

Robinyoning "Manchester Siti"ga o‘tishi 2008 yilgi yozgi transfer oynasining oxirgi kunida amalga oshgan. "Shaharliklar" "Real"ga futbolchi uchun 34 million yevro to‘lashgan - bu o‘sha paytda klub tarixidagi rekord darajadagi transfer bo‘lgan. Robinyo top chempionatda o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan iqtidorli yosh yarim himoyachi maqomida Angliyaga ko‘chib o‘tgan. U yangi “Manchester Siti” ramziga aylanishi kerak edi. Dastlab braziliyalik o‘z rolini a’lo darajada bajara oldi. Debyut mavsumida u "shaharliklar" safida barcha turnirlarda 41ta o‘yin o‘tkazib, 16ta gol urgan. Ammo keyinchalik hammasi teskarisiga ketdi. Angliyada yashashga moslasha olmagan braziliyalik keyinchalik katta janjalga ham aralashib qoldi. Futbolchi bunday bosimlarga dosh bera olmadi va 2010 yil o‘z yurtiga qaytib ketdi.

 “Nyukasl” “shaharliklar”ning transfer yo‘lidan borib “galaktikos” vingeri Vinisiusni xarid qilishi mumkin. Vinni yaxshi futbolchi, lekin u APL o‘yinlarida o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi muhim. Bu yerda unga erkin o‘ynash uchun imkoniyat kam beriladi va u o‘sha imkoniyatdan to‘liq foydalana olishi kerak. Aynan shu braziliyalikda kuzatiladigan yagona kamchilik.

 Jahon darajasidagi yulduzlar safiga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan futbolchi

Niklas Zyule (“Bavariya”)

Solishtiruv: Pablo Sabaleta ("Manchester Siti"), Jeremi Menez ("PSJ")

 Bu toifaga yulduzlik cho‘qqisiga ko‘tarilmagan, ammo o‘z klubida ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan futbolchilarni qo‘shishimiz mumkin. Bir vaqtlar “shaharliklar” “Espanyol”dan Pablo Sabaletani 9 million yevroga xarid qilgan edi. O‘sha paytlar himoyachi ispaniyaliklar safidagi eng yaxshi futbolchilardan biri edi. “Espanyol” safidagi so‘nggi mavsumida Pablo 36 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Xuddi shunga o‘xshash yana bir transfer bu – Jeremi Menezning “Roma”dan “PSJ”ga ko‘chib o‘tishi. Bu ikki futbolchi ham yulduzlar qatorida tilga olinmagan, lekin ular o‘zining ishonchli o‘yini bilan ko‘pchilikning mehrini qozona olgan.

“Nyukasl” shunday toifadagi futbolchi sifatida Zyuleni ko‘rishi mumkin. Nemis himoyachisining “qarg‘alar”ga foydali jihati ko‘p. Eng kerakli tomoni shundaki, futbolchi himoyada ishonchli o‘ynaydi va bu premyer-ligadagi xujumchilarni to‘xtatish uchun juda zarur.

Top klubdan bo‘lmagan yulduz

Rafa Silva (“Benfika”)

Solishtiruv: Pastore (“PSJ”)

"Nyukasl" "Benfika"ning o‘ng qanot yarim himoyachisi Rafa Silva transferini ham diqqat bilan ko‘rib chiqishi kerak. Portugaliyalik futbolchi juda ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. To‘g‘ri bu yigitni yulduz deyishga erta, u ko‘proq mehnatkash rolini o‘ynaydi, u maydonda 100 foiz kuchini ishlatadi. Bir vaqtlar PSJ xuddi shunday turdagi futbolchini sotib olgan edi. O‘sha paytda parijliklar Pastore uchun 43 million yevro sarflashgan.

Ishonchli tayanch yarim himoyachi

 Kelvin Fillips (“Lids”)

Solishtiruv: Tiagu Motta va Mussa Sissoko(“PSJ”) Nayjel De Yong (“Manchester Siti”)

Jamoalarga yaxshi himoyachi yarim himoyachi topish har doim muhim. Aslida yarim himoyachi jamoaning miyasi va dvigatelidir. U o‘yinni kuzatishi, himoyachilarga himoyada yordam berishi va o‘z jamoasi hujumlarining vektorini aniqlashi kerak.

“Manchester Siti” va “PSJ” buni tushunishdi. "Hokimiyat almashganidan" so‘ng darhol ikkala klub ham iqtidorli yarim himoyachini qidira boshladi. "Shaharliklar" tanlovi “Gamburg”ning umidli yarim himoyachisi Nayjel De Yong edi. Shayx Mansur gollandiyalik uchun 18 million yevro sarflagan.

PSJ birdaniga ikkita yarim himoyachi - Tiago Motta va Sissoko bilan shartnoma imzoladi. Birinchisi tezda o‘yinini topib olgan bo‘lsa, ikkinchisi parijliklar bazasida o‘z o‘rnini topa olmagan.

"Nyukasl" ham yaxshi yarim himoyachi transferi haqida o‘ylab ko‘rishi kerak. Ideal variant – “Lids Yunayted” futbolchisi Kelvin Fillips. 25 yoshli angliyalik “Lids”da o‘zining darajasini va professional malakasini allaqachon isbotlab bo‘lgan, endi ko‘tarilish vaqti keldi.

Top chempionatdan bo‘lmagan yulduz

Sharl de Ketelare (“Bryugge”)

Solishtiruv: Jo (“Manchester Siti”)

2008 yilning yozida "shaharliklar" SSKA hujumchisi Jo transferini e’lon qilishdi. Trasfer muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqdi. Olti oy o‘tgach, 21 yoshli braziliyalik "Manchester Siti" lagerini tark etib, Evertonga ko‘chib o‘tdi. Bunday xolatda eng tajribali skautlar ham futbolchini kuchliroq chempionatda yaxshi o‘ynab ketishiga kafolat bermaydi.

“Nyukasl" "Manchester Siti” yo‘lini tanlashi va bir xil turdagi futbolchi – TOP chempionatdan bo‘lmagan yulduz bilan shartnoma imzolashi mumkin. Ideal nomzod - "Bryugge"ning 20 yoshli hujumchisi Sharl de Ketelare. Belgiyalik futbolchi Jo bilan ko‘p taqqoslanadi. Futbolchining ustun tarafi shundaki, De Ketelarening Britaniya futboliga moslashishi shart emas, chunki Belgiya va Angliya o‘yin intensivligi va to‘pni targ‘ib qilish uslubi jihatidan juda o‘xshash.

O‘z darajasida o‘yin ko‘rsata olmayotgan yulduz

Koutinyo (“Barselona”)

Solishtiruv: Ueyn Bridj (“Manchester Siti”), Aleks (“PSJ”)

 «PSJ» va «Manchester Siti» egasi almashganidan keyingi birinchi yilda juda ko‘p transferlarni amalga oshirgan. Yuqori darajadagi va istiqbolli nomlardan tashqari, jamoalar yulduz bo‘lmagan futbolchilar bilan shartnoma imzolaganlar. Ueyn Bridj va Aleks hech qachon mashhur futbolchilar bo‘lmagan. Ammo ularda yana bir yaxshi mahorat bor edi - o‘z ishini yaxshi bajarish qobiliyati.

"Shaharliklar" lageriga o‘tish paytida Bridj 28 yoshda, Aleks esa "PSJ" bilan shartnoma imzolaganida 29 yoshda edi. Ikkala futbolchi ham tezda kiyinish xonasida etakchiga aylanishdi va yoshlarga o‘rnak bo‘lishdi. Ular yangi jamoalarining boshlang‘ich muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shishdi, shundan so‘ng klubni tark etishgan.

"Nyukasl"ga biroz darajasi pasaygan kuchli futbolchilar ham kerak. Ulardan biri "Barselona" yarim himoyachisi Koutinyodir. Bu transfer hamma uchun foydali bo‘ladi: "Barselona" ish haqqi bilan bo‘layotgan muammoni bartaraf etadi, "Nyukasl" aqlli futbolchiga ega bo‘ladi va Koutinyo yana bir ajoyib imkonyatni qo‘lga kiritadi.

Mirjalol Pardaboyev tarjimasi.

Manba: www.isport.ua
Kiritildi: 13:24, 23.10.2021.
O'qildi: 2607 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.