Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina 1-2 Kalyari
24/01 22:30 Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut 3-2 Liverpul
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

Diyor Imomxo‘jayev: «Turon» — yaxshi loyiha»

Diyor Imomxo‘jayev: «Turon» — yaxshi loyiha»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

«Turon» — yaxshi loyiha. U qisqa vaqt ichida nafaqat o‘z atrofida, balki boshqa viloyatlarda ham hurmatga sazovor bo‘lishga erishdi. Bu eng muhim jihat. Ko‘pchilik klub Pro ligaga tushib ketmasligini istayapti. Vaholanki, katta natijalarga erishib ham muxlislar mehrini qozonmagan klublar haqida siz yaxshi bilasiz.

Pro liga bu hayotning tugashi emas. Har birimiz urishni bilganimiz kabi, yiqilishga ham tayyor turishimiz lozim. Yiqilmaydigan odam emas, yiqilganida ham qaytib oyoqqa tura oladigan odam kuchlidir. Har bir qabul qilgan zarbamiz bizga og‘riq bilan birga dars ham beradi. Bundan xulosa chiqarishimiz va yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamasligimiz muhim.

Menga Turon bilan bir qatorda 15 yil avvalgi «Bunyodkor», «Mash’al», 5 yil avvalgi «Obod», 1 yil avvalgi «Istiqlol», hozir mavjud bo‘lgan «Andijon», «Nasaf» loyihalari ham yoqadi. Agar hammamiz to‘g‘ri ishlaganimizda, biz ularning aksarini saqlab qolishimiz mumkin edi. Afsuski, ularning ayrimlari haqiqat topa olmasliklariga ishondi va futboldan qo‘l siltab yubordi. Ayrim noinsof kishilar tomonidan barpo etilgan piramida nafaqat ularni yiqita oldi, balki katta arboblarning ham millionlar o‘yinidan sovushiga olib keldi.

Bizning sohada fitnalar ko‘p. Biz ularga qarshi har kun, har soat kurashamiz. Natijasi muhim emas, muhimi kurasha olayotganimiz. Biz «Turon»ni ham shunga chaqiramiz va ishonamizki, uning asoschilari o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun oldinga yurishda davom etadi. Va albatta hamma yaxshi tushunishi kerakki, yaxshi loyihalarni saqlab qolish uchun sport prinsiplaridan voz kechilmaydi. Qonunlar, qoidalar oldida hamma bir bo‘lishi eng muhim jihat.

Bugun o‘zgarishlar bor. To‘g‘ri yo‘ldagilar ba’zida g‘olib keladi, ba’zida esa yo‘q. Axir «Turon» ham yil avval katta g‘alabaga erishdi, to‘g‘ri yo‘nalish g‘olib chiqdi. Keyingi qaytish yanada kuchliroq, yanada aqlliroq bo‘lishi shart. Shunday ekan, niyati toza kishilarga birgina hitobimiz bor: hech qachon taslim bo‘lmang. Ming mashaqqatli bo‘lsa ham, ming uzoq bo‘lsa ham — baribir to‘g‘ri yo‘ldan yurish kerak. Bu bizga ichki xotirjamlik beradi. Shu kungacha bundan ham ulug‘roq baxtni ko‘rganim yo‘q.

Diyor Imomxo‘jayev

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 15:02, 23.10.2021.
O'qildi: 2497 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.