Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Dunyodagi eng qimmat tovon pulli futbolchilar

Dunyodagi eng qimmat tovon pulli futbolchilar

Baho:
+ | -

Hozirgi futbolda tovon puli juda ham baland baholanadi. Tarixdagi eng balandi desak ham yangishmagan bo‘lamiz. Ishonmasangiz, bir fakt keltirishimiz mumkin: hozirda "Barselona"dan Ansu Fatini sotib olish uchun siz naq 1 milliard yevro to‘lashingizga to‘g‘ri keladi. Ammo bu dunyodagi eng baland tovon pulimi? Quyida bu savolga javob olasiz.

Braim Dias – 750 million yevro

Braim Dias 2019 yilda "Manchester Siti"dan qirollik klubi safiga kelib qo‘shiladi. U "Bernabeu"da o‘z darajasini namoyish eta olmagach, rivojlanish uchun "Milan"ga ijara uchun berib yuborilgan. Futbolchini "xavfsizlantirish" maqsadida "Real" unga 750 millionlik tovon puli belgilagan. Qani endi, qaysi klub Diasni sotib olaman deya olarkin?

Luka Modrich – 750 million yevro

Hozirda Modrich uchun hech bir klub katta mablag‘ sarflamas. Ammo unga qo‘yilgan tovon pulidan anglash mumkinki, "kichkina daho" o‘z klubi uchun juda ham muhim figura sanaladi. Sobiq "Oltin to‘p" sohibi hozirda o‘ttiz yoshdan oshgan. U "Real"ni o‘z xohishiga ko‘ra, tark etishi mumkin. Balki, "qaymoqranglilar" futbolchisi uchun yaqin orada qiziqadigan klub chiqib qolar.

Federiko Valverde – 750 million yevro

Valverde "Real"ning kelajakdagi umidlari hosilasi. Uning yarim himoyadagi harakatlari jamoasi uchun muhim sanaladi. Shu sabab, klub unga ham 750 millionlik boj belgilagan. Bu esa shuni anglatadiki, hech bir jamoa uni sotib olmaydi. Uni Madridda yaxshi ko‘rishadi va yaqin kelajakda klub uni qo‘yib yubormoqchi emas.

Antuan Grizmann – 800 million yevro

Hozirda "Atletiko"ga qaytgan "kichkina shaxzoda", texnik va huquqiy jihatdan haliyam "Barselona" futbolchisi sanaladi. O‘yinchining kam o‘yin amaliyoti uning tovon pulini o‘zgartirmagan. Jahon chempioni bir paytlar "Barsa" uchun 100 milliondan ortiqqa tushgandi. Ammo hozirgi kunga kelib, klub uni bu miqdorning yarmiga ham sotib olish mumkin(dir). Negaki, Grizmanning foydalilik darajasi unchalik yuqori bo‘lmay qolgandi.

Karim Benzema – 1 milliard yevro

Benzema "Real"ni tark etishi ham mumkin edi. Unga boshqa jamoadan yaxshiroq taklif kiritilsa, albatta. Bir paytlar uning tovon puli bunga imkon berar edi. O‘tmishda hujumchining "Arsenal" bilan bog‘langani fikrimizni isbotlaydi. Shundan keyin, Benzema 1 milliardlik tovon puli bilan "Real"da qoladigan bo‘ldi. Bu shuni anglatadiki, to klub uni sotishni istamas ekan, hech kim Benzemaga "ko‘z olaytira olmaydi". Ta’kidlash joiz, Benzema "Lion"dan Madridga o‘tgandan beri fantastik o‘yin ko‘rsatib kelmoqda.

Ansu Fati – 1 milliard yevro

"Barselona" yosh futbolchisining tovon puli miqdori ko‘proq ramziy ma’noga ega. Klub yangi 10-raqamiga ega bo‘ldi va undan ajrab qolishni, tabiiyki xohlamaydi. Shu nuqtayi nazardan ham Fati kataloniyaliklarga muhimdir. Pedrining yozda tekinga qo‘yib yuborilmagani ham shu bilan izohlanadi. Ya’ni jamoa yangidan va yoshlar bilan rivojlanadi. Ansu Fati bugunga kelib, "Barselona" kelajagi sifatida bo‘y ko‘rsatmoqda.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 18:20, 23.10.2021.
O'qildi: 2859 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.