"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Real"ga qarshi La Liganing 10-turidagi o‘yin natijasidan qat’iy nazar, bosh murabbiy Ronald Kuman o‘z lavozimini bajarishda davom etishini aytdi.
- Yakshanba kuni nima bo‘lishidan qat’iy nazar, murabbiyga ishonishda davom etasizmi?
- Ha, ha, albatta, Kuman "el-klasiko"dan keyin ham o‘z lavozimida ishlashda davom etadi, - dedi Laporta jurnalistning savoliga.
Eslatib o‘tamiz, La Liga doirasidagi navbatdagi "el-klasiko" ertaga Toshkent vaqti bilan 19:15 da boshlanadi.