Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/03 01:00 Barselona 3-0 Osasuna
28/03 16:45 Qizilqum 1-3 OKMK
28/03 19:30 Navbahor 2-2 Andijon
28/03 20:00 Bunyodkor 3-1 Surxon
29/03 18:00 Real Sosyedad - Valyadolid
29/03 18:30 Nasaf - Neftchi
29/03 19:00 Venetsiya - Bolonya
29/03 19:00 Komo - Empoli
29/03 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
29/03 20:15 Espanyol - Atletiko
29/03 20:30 Paxtakor - Dinamo
29/03 22:00 Yuventus - Jenoa
29/03 22:30 Alaves - Rayo Valyekano
30/03 00:45 Lechche - Roma
30/03 01:00 Real Madrid - Leganes
30/03 15:30 Kalyari - Monsa
30/03 17:00 Xetafe - Vilyarreal
30/03 18:00 Fiorentina - Atalanta
30/03 19:15 Barselona - Jirona
30/03 21:00 Inter - Udineze
30/03 21:30 Valensiya - Malyorka
30/03 21:30 Atletik Bilbao - Osasuna
30/03 23:45 Napoli - Milan
31/03 00:00 Betis - Sevilya

«MYU» Ronaldu jamoani tark etishi bilan bir paytda yana kimlarni yo‘qotgandi?

«MYU» Ronaldu jamoani tark etishi bilan bir paytda yana kimlarni yo‘qotgandi?

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu 2009 yilda «Manchester Yunayted»ni tark etgan paytdayoq o‘zini dunyoning eng zo‘r o‘yinchilaridan biri sifatida ko‘rsatib bo‘lgan edi. Lekin u «Real Madrid»da yanada yuqoriroq cho‘qqilarni zabt etishga muvaffaq bo‘ldi, buni barcha biladi.

Portugaliyalik megayulduz «Real» safida 438 ta o‘yinda maydonga tushib, 450 ta gol urdi va to‘rtta yevrokubok va ikki marta La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi. U Madridni tark etganidan keyin ham «Yuventus»da yaxshi ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Krish 134 o‘yinda maydonga tushib, 101 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan.

Ammo u 2009 yili yozgi transferlar oynasida «Old Trafford»ni tark etgan yagona futbolchi emas edi. Shuningdek, yana to‘rt futbolchi u bilan birga klubini o‘zgartirgan. Biroq Ronalduning shov-shuvli transferi soyasida ko‘pchilik ularni eslamaydi ham. Biz yuqoridagi futbolchilarning ahvoli qanday ekanligini birgalikda ko‘rib chiqamiz.

Li Martin

Taunton futbol o‘chog‘idan kelib chiqqan Martin 2009 yil iyul oyida, 22 yoshida «Yunayted»ni tark etguncha bu yerda katta tajribaga ega bo‘ldi.

«Uimbldon» yoshlar jamoasida faoliyatini boshlaganidan so‘ng, u «Yunayted» skautlarining e’tiborini tortdi va klub u bilan qo‘shimcha bonuslar yordamida 1 million funtlik maosh evaziga shartnoma imzoladi.

2009 yilga kelib, vinger Belgiya, Shotlandiya va Angliyaning oltita turli klubida ijarada o‘ynadi. Shu sababli u «Yunayted»da yuqori mavqega chiqa olmasligini tezda ilg‘ab yetgan.

Li quyi ligada faoliyatini «Ipsvich»da boshlagan. Shundan so‘ng Chempionshipdagi uzoq davrlik sayohatga start berildi. Biroq Martin 2017 yilda o‘zi aytganidek, Aleks Fergyuson jamoasida bir marta maydonga tushganidan hamisha minnatdor. U «MYU»da o‘ynash baxtiga muyassar bo‘lganini hech qachon yodidan chiqarmaydi.

Freyzer Kempbell

Kempbell «Yunayted»ga kelganida jiddiy transfer sifatida baholandi. «Qizil iblislar» rahbariyati Freyzerning Chempionshipda «Xall Siti» safida o‘tkazgan ijarasidan qoniqarli taassurot hosil qilishdi.

Ammo u «Old Trafford»dagi qadamlarini hech qachon omadli tarzda bosa olmadi. Kempbell 3 yil davomida atigi 2 tagina o‘yinda maydonga tushdi xolos. Shundan so‘ng u «Yunayted» zaxira o‘rindig‘idan «Sanderlend»ning birinchi jamoasiga 3 million funt evaziga ko‘chib o‘tdi.

U «qora mushuklar» safida Angliya terma jamoasi tarkibiga jalb qilindi. Ammo jarohatlar uning ushbu klubdagi faoliyatiga ham rahna sola boshladi va futbolchining rivojlanishiga to‘sqinlik qildi.

O‘shandan beri Kempbell «Xaddersfild»ga qaytishidan oldin «Kardiff», «Kristal Pelas» va «Xall Siti» jamoalarida o‘ynadi va u yerda hali ham o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Richard Ekerzli

Ekerzli 2009 yili «Yunayted» Liga Kubogi finalida o‘ynagan paytlar tarkibda bor edi. Ammo himoyachi o‘sha yozdayoq o‘yin amaliyotiga muhtoj bo‘lgani holda «Byornli» lageriga borib qo‘shildi.

Ammo bu harakat behuda ketdi; u 2011 yili MLSda «Toronto» safiga qo‘shilishidan oldin naq uch marta ijaraga berib yuboriladi.

«Nyu-York Red Bullz» va «Oldxem» bilan qisqa muddatli mashg‘ulotlardan so‘ng, Ekerzli 2016 yili atigi 26 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

U hozirda Totnesdagi oziq-ovqat do‘konining egasi hisoblanadi. 2017 yili u BBCga quyidagi so‘zlarni aytgan edi: “Men pol supuraman, tozalayapman, umuman futbolchilar qilolmaydigan boshqa narsalarni qilyapman va men bu yerda doim ishlamoqdaman».

«Futbol aql bovar qilmas darajada butun dunyo odamlarini o‘ziga jalb qiladi. Bu mamlakatda ham futbolga ishtiyoqmand muxlislar ko‘p.

Ammo bizda yashash uchun sog‘lom muhit bo‘lmasa va u gullab-yashnamasa, unda futbolning ahamiyati yo‘q, uni o‘ynagandan foyda yo‘q», - deydi futbolchi.

Ko‘rib turganingizdek, Ekerzli hozirgi hayotidan baxtli va yashashga, futbol ko‘rishga o‘zida motivasiya topa olyapti.

Manushu

Ser Aleks Fergyuson Manushu bilan 2008 yil yanvarida shartnoma imzolagan. U Angolaning «Petro Atletiko» klubidagi uch yillik faoliyatidan so‘ng Angliyaga ko‘chib o‘tgandi. Fergyuson buni quyidagicha eslaydi:

“U baland bo‘yli, chaqqon, tezkor hujumchi. Karlos [Keyrush] bilan aloqalari orqali taxminan olti oy oldin e’tiborimizga tushgandi», - deydi Ser.

U baland bo‘yli va chaqqon bo‘lishiga qaramay «Old Trafford»dagi standartlarga hech qachon to‘liq javob bera olmagan.

«Panatinaikos»ga ijaraga o‘tish unga tajriba to‘plab olishga katta yordam berdi. Ammo u Fergini hayratda qoldirish uchun yetarlicha ish qila olmadi va keyinchalik «Real Valyadolid»ga o‘tib ketdi.

U Ispaniyada o‘zini yaxshi yo‘lga qo‘ydi. «Valyadolid» va «Rayo Valyekano» safida 100 dan ortiq o‘yinlarda maydonga tushdi va Angola terma jamoasi uchun ham 53 ta o‘yin o‘tkazdi.

Manushu uchinchi divizion jamoasi «Kornelya»da 2019 yilda bir yilini o‘tkazdi.

Kiritildi: 01:40, 24.10.2021.
O'qildi: 5883 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz