Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Yulduzlarsiz mavqei tushgan «el-klasiko»ga tayyormisiz? Kumanning niderlandiyalik «shotirlari», to‘purar Benzema va Anchelotti armiyasiga qarshi (prevyu)

Yulduzlarsiz mavqei tushgan «el-klasiko»ga tayyormisiz? Kumanning niderlandiyalik «shotirlari», to‘purar Benzema va Anchelotti armiyasiga qarshi (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun Ispaniya chempionatining 2021/22 yilgi mavsumi 10-turidan o‘rin olgan «Barselona» va «Real» o‘rtasidagi «el-klasiko»o‘yini bo‘lib o‘tadi. «Stadion.uz» nashri ushbu uchrashuvgacha bo‘lgan jamoalarning holati, bugungi bahs oldidan bo‘lgan yo‘qotishlar va ehtimoliy tarkiblarga bag‘ishlangan qisqacha prevyuni taqdim etadi.



Turnir jadvalidagi o‘rni.

«Barselona» uzoq vaqtdan beri beqaror o‘yin namoyish etmoqda. Ammo, oxirgi uch turda «ko‘k-anorranglilar» «Levante» (3:0) va «Valensiya» (3:1) ustidan ishonchli g‘alabalarni qo‘lga kiritdi, ammo «Atletiko»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Kataloniyaliklar turnir jadvalida yetakchilar orasidan joy olmagan. Kuman shogirdlari 15 ochko to‘plagan holda La Liga jadvalida 7-o‘rindan joy olgan bo‘lib, 8-pog‘onadagi «Rayo Valyekano»dan bir ochko ortda qolmoqda.

«Real Madrid» olti turda beshta g‘alabani qo‘lga kiritib, musobaqani ancha yaxshi boshlashdi, biroq keyin Anchelotti shogirdlari o‘yini biroz pasayishdi. «Vilyarreal» bilan durang (0:0), «Espanyol»ga esa kichik hisobda yutqazib qo‘ydi (1:2). Biroq, bu muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, 17 ochko to‘plagan «qaymoqranglilar» peshqadam «Real Sosyedad»dan uch ochko ortda qolgan holda 3-o‘rinda bormoqda. Eslatib o‘tamiz, «Barselona» va «Real» hisobida bittadan o‘tkazilmagan uchrashuv bor.




«Barselona»


1. Jordi Alba noma’lum, Dembele hali o‘yinga tayyor tayyor emas, Arauxo va Pedri hali jarohatini tuzatmagan.

Chempionlar Ligasi uchrshuvidagi «Dinamo Kiyev»ga qarshi o‘yinda Jordi Alba jarohat oldi (to‘pig‘i jarohatlangan), shu sababli u umumiy guruhda ikki kun mashg‘ulot o‘tkazmadi. Jordi «Barselona» himoyasidagi asosiy qahramonlardan biri, u «ko‘k-anorranglilar»ning chap qanotining dvigateli va miyasi hisoblanadi. «Valensiya» va «Dinamo» bilan so‘nggi ikki uchrashuvda, ispaniyalik asosiy beshta uzatmani amalga oshirdi, Chempionlar Ligasidagi Jerar Pikening goliga assistentlik qildi, shuningdek Alba «Barselona»ning asosiy futbolchisi deb qaralayotgan Ansu Fati bilan ajoyib juftlik hosil qila oldi. «El-klasiko»da Jordi ishtirok etadimi yoki yo‘qmi noma’lum. Agarda, Kuman uning sog‘lig‘idan, o‘yin natijasini uchtun ko‘rsa, Albani bugungi o‘yinda ko‘rishimiz mumkin.


Ronald Kumanning asosiy umidlaridan biri - mavsumning barcha ochilish qismini lazaretda o‘tkazgan Usmon Dembelening qaytishi. Ammo fransuz futbolchisi «Real»ga qarshi o‘yin ro‘yxatiga kiritilmagan: Usmon Finlyandiyada yakuniy tekshiruvdan o‘tadi, shundan so‘ng u jamoa bilan mashg‘ulotlarni boshlaydi. Dembeledan tashqari jarohatlangan Ronald Arauxo, Pedri va Martin Breytveyt jarohatlari tufayli «klasiko»da o‘ynamaydi.

2. «Barselona» katta o‘yinlarda mag‘lub bo‘lishda davom etmoqda

O‘tgan mavsumdan beri «Barselona» yirik uchrashuvlarda juda yomon natijalar qayd etmoqda. «Atletiko» va «Real» bilan o‘tkazilgan to‘rt uchrashuvda uchta mag‘lubiyat va faqat bitta durang qayd etilgan. Umuman olganda, «kataloniyaliklar» «top» jamoa prefiksi bilan sakkiz uchrashuvda beshta mag‘lubiyatga uchragan. Joriy mavsumda ham vaziyat o‘zgarmadi: avval «Barselona» o‘z uyida «Bavariya»ga mag‘lub bo‘ldi (0: 3), keyin safarda «Atletiko»ga ham yutqazdi (0:2). Vaziyat yanada yomonlashdi, Myunxen klubidan qabul qilingan o‘yinda «Barsa» hatto darvoza tomonga zarba berolmagan bo‘lsa, «matraschilar» bilan uchrashuvda biroz qarshilik ko‘rsatdi.



Gap shundaki, «Barselona» murabbiyi Ronald Kumanning asosiy umidlari yetakchilarning individual mahoratiga qaratilgan. Agar, ularga bo‘sh joy berilsa va katta bosim o‘tkazilmasa («Levante», «Valensiya», «Dinamo» kabi), ular yaxshi natija ko‘rsatmoqda. Ammo, o‘tgan mavsumda tarkibda Messi bo‘lsa ham, «Real» bilan ikkala uchrashuvda 2:5 hisobida yutqazilgan edi.

«Real Madrid»


1. Karim Benzemaning salomatligi va huquqiy tomonlama muammolari bor. Uning «klasiko»dagi ahvoli qanday bo‘lishi noma’lum. Mavsum boshida «Real»ning eng yaxshi o‘yinchisi va dunyoning eng yaxshilaridan biri - Benzema. 11 o‘yinda 11 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan fransiyalik futbolchi, jamoaning 29 ta golidan 18 tasida bevosita ishtirok etdi. Ammo, Chempionlar Ligasi doirasidagi «Shaxtyor» bilan o‘yinda Karim jarohat oldi va shanba kuniga qadar individual dastur bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazdi, bu esa uning o‘yin holatiga ta’sir qilishi ehtimoldan yiroq emas. Bundan tashqari, Matye Valbuenaning shantaj ishi bo‘yicha sud jarayoni yakuniy bosqichga kirdi. Juma kuni sud majlisining so‘nggi kuni bo‘lib o‘tdi, ammo hukm 24 noyabr kuni e’lon qilinadi, fransuz o‘n oylik qamoq jazosi va 75 ming yevro jarimaga tortilishi mumkin.



Jazo har holda futbolchi uchun og‘ir emas, lekin sud jarayoni qancha davom etayotgani, Benzema u tufayli qancha muammolarga duch kelgani va jarohatlanganligi sababli jismoniy holati yomonlashganini inobatga olsak, Karim bugungi o‘yinda yaxshi holatda bo‘lmaydi, deb taxmin qilish mumkin. Yana bir narsa shundaki, fransuz stressga juda chidamli va hamma narsaga qaramay, yaxshi o‘yin ko‘rsatishi ham ehtimoldan yiroq emas.

2. «Real» Karvaxalsiz o‘ynashi kerak bo‘ladi

«Barselona»ning xavfli hujumlarining aksariyati Xordi Alba va Memfis Depay harakat qiladigan chap qanot orqali uyushtiriladi. Shu sababli «Real Madrid» himoyasining o‘ng qanotida harakat qiladigan futbolchining o‘yini juda muhim. Lukas Vaskes mazkur pozisiyada o‘ynashini taxmin qilish va bu katta muammo keltirib chiqarishini taxmin qilish mumkin, chunki Lukas haligacha asosiy himoyachi emas. Bu pozisiyadagi Madridning eng kuchli o‘yinchisi Dani Karvaxal endigina umumiy guruhga qaytdi, tibbiyot markazi ispaniyalikning sog‘lig‘ini hatto «el-klasiko» uchun ham xavf ostiga qo‘ymaydi, buni Karlo Anchelotti tasdiqlagan: "Dani endigina tiklandi. shuning uchun uni uchrashuv boshidan maydonga tushishi qiyin bo‘ladi».

Eden Azar ham yaqinda mashg‘ulotlarni boshladi va «Barsa» bilan o‘yin uchun arizga kiritildi, ammo belgiyalik futbolchini asosiy tarkibda ko‘rishimiz dargumon.

Ehtimoliy tarkiblar va taktikalar


Ronald Kuman uchta markaziy himoyachi bilan harakat qilishni yoqtiradi, ammo «Bavariya» va «Benfika»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, bu ishni to‘xtatdi va 4-3-3 taktik sxemasiga qaytdi. Lange himoya markaziga qaytishi mumkin. So‘nggi uchrashuvlarda o‘zini bu pozisiyada yaxshi ko‘rsatgan De Yong yana o‘ng qanot hujumida paydo bo‘lishi, Fati Depay bilan o‘rnini almashtirishi mumkin, chunki Kuman Ansuni jamoadagi eng yaxshi vaziyatlarni yakunlovchi deb hisoblaydi.

«Real» Karlo Anchelotti qo‘l ostida 4-3-3 o‘ynaydi, ehtimol kataloniyaliklar bilan o‘yinda ham xuddi shunday sxemadan foydalanishi mumkin, chunki uning tarkibida baquvvat va jismonan sog‘lom futbolchilar yetarlicha bor. O‘yin davomida maydonga Valverde, Asensio yoki Azar tushishi mumkin. Lekin, ushbu fubolchilar asosiy tarkibda tushishini taxmin qilib bo‘lmaydi.



Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 09:51, 24.10.2021.
O'qildi: 3945 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.