Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sobiq futbolchi: «Ryudiger «Real»ning barcha himoyachilaridan kuchliroq»

Sobiq futbolchi: «Ryudiger «Real»ning barcha himoyachilaridan kuchliroq»

Baho:
+ | -

«Real» va «Liverpul» klublarining sobiq futbolchisi Stiv Makmanaman Antonio Ryudigerning Madrid grandiga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

«Antonio «Real»ning barcha himoyachilaridan kuchliroq. Klubda anchadan yetakchilikni o‘z qo‘liga oladigan futbolchi yo‘q, shuning uchun madridliklar ketma-ket ko‘plab futbolchilarga taklif bildira boshladi. Biz bilamizki, ular Mbappe uchun 200 million berishga tayyor edi. Ko‘plab futbolchilar kelasi mavsumda Madridga borishi mumkin.

Ryudiger - ajoyib futbolchi. U «Real»ni kuchaytira oladi», - deydi Makmanaman HorseRacing nashriga.

Eslatib o‘tamiz, germaniyalik futbolchining «Chelsi» bilan shartnomasi yozda tugaydi.

Kiritildi: 11:46, 24.10.2021.
O'qildi: 2954 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик