Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Futbol muxlislari «ko‘rgani ko‘zi yo‘q» 10 nafar yulduz

Futbol muxlislari «ko‘rgani ko‘zi yo‘q» 10 nafar yulduz

Baho:
+ | -

Futbolda mashhur charm to‘p ustalari juda ko‘p. Ular o‘z o‘yinlari orqali muxlislar qalbidan joy olgan. Biroq, ular juda mashhur bo‘lib, ko‘pincha ba’zi muxlislar uchun ajoyib nishonga aylanadi. Bu eng avvalo, ochiqchasiga axloqsiz harakat qiladigan odobsiz futbolchilarga tegishli, shuning uchun ularni muxlislar munosib tanqid qilishadi. «Stadion.uz» nashri quyida turli sabablarga ko‘ra futbol ishqibozlari nafratlanadigan 10ta futbolchi haqida ma’lumot beradi

10-o‘rin: Lionel Messi



«Barselona» sobiq sardori ro‘yxatga o‘ninchi bo‘lib kirgan. Shubhasiz, Lionel Messi – tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Argentina bilan Amerika kubogi sovrini, 6ta «Oltin to‘p» va butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar bor. Ammo, muvaffaqiyat va shon-shuhratning salbiy tomoni bor - dushmanlik va hasad. Albatta, Messi, yumshoq qilib aytganda, Ronalduning ashaddiy muxlislariga yoqmasligi tabiiy, lekin...

2010 yilda futbolchi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritdi, ammo ko‘pchilikning fikricha, u ovoz berishda jahon chempioni Andres Inyesta va Chempionlar ligasi g‘olibi Uesli Sneyderni katta farq bilan ortda qoldirdi. Ba’zilarning fikricha, u 2012 yilda ham asosis rance Football sovrinini qo‘lga kiritgan. Ushbu holatlar Messini ko‘pchilik muxlislar yoqtirmasligiga sabab bo‘lgan.

9-o‘rin: Zlatan Ibragimovich



Ko‘pchilik yoqtirmaydigan keyingi futbolchi - Zlatan. Shvesiyalikda Messiga o‘xshash holatlar uchramagan, lekin u maydonda va undan tashqarida boshqa shov-shuvli harakatlari bilan mashhur bo‘ldi. Ochig‘ini aytganda, Zlatanning barcha hiyla-nayranglari sonini hisoblab bo‘lmaydi: U qo‘pol va ba’zida raqibga qarshi shafqatsiz o‘ynadi, ko‘pincha jamoadoshlarini ham ayamadi, hakamlarga nisbatan hurmatsizlik qildi.

Har tomonlama kamchiliksizman deb o‘ylaydigan shved, o‘zini eng yaxshisi deb biladi va hatto o‘zini bir necha bor xudo deb ham atagan. Qolaversa, Ibragimovich ko‘plab klublarni o‘zgartirdi va Italiyaning uchta gigant klubi tarkibidao‘ynashga muvaffaq bo‘ldi. Lekin, Zlatan hech qachon sobiq jamoasiga qarshi urgan gollarini nishonlashdan tortinmasdi. Va futbol olamining boshqa odamlari haqidagi fikrlari bilan Zlatan bir necha bor o‘ziga nisbatan nafrat uyg‘otishga sabab bo‘lgan. Masalan, u Messini bo‘yi pastligi uchun gnom, Gvardiolani bolalar murabbiyi deb atagan. Va bir marta, Liga 1 musobaqasida mag‘lubiyatga uchragach, u Fransiyani «axloqsiz mamlakat» deb atagan. Bu so‘zlar uchun u hatto diskvalifikasiya qilingan va kechirim so‘rashga majbur bo‘lgan.

8-o‘rin: Mario Balotelli



«Adana Demirspor» hujumchisi Mario Balotelli ham professional faoliyatida juda ko‘p g‘alati ishlarni amalga oshirdi. «Manchester Siti»da o‘ynaganda sheriklari bilan bo‘lgan janglari orqali e’tiborga sazovor bo‘lgan. Bir paytlar Balotelli hatto jamoa bosh murabbiyi Roberto Manchini bilan ham dahanaki jang uyushtirgan.

Lekin bu hammasi emas. Bir marta «shaharliklar» bazasida Mario klubning yoshlar jamoasi futbolchilariga tosh otishni boshladi, xayriyatki, hech kim jabr ko‘rmadi. Ammo Marioning o‘zi ahmoqligi uchun yuz ming funt jarimaga tortildi. Ha, hujumchi o‘z gollari bilan muxlislarni bir necha bor xursand qilgan, biroq o‘sha paytda ularni noo‘rin harakatlari bilan g‘azablantirgan.

«Inter»da tarkibida «Rubin»ga qarshi o‘yinda kulgili chetlatilishi bilan esda qolgan, o‘shanda Joze Mourinyo Balotelliga ikkinchi sariq kartochkani olmaslikni shunchaki yolvorgan. «Milan» va «Liverpul»da esa hujumchi spirtli ichimliklarga berilib, tez-tez sport rejimini buzardi. Biroq, bularning barchasi italiyalik o‘zini Lionel Messidan keyin dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblashi muxlislarning nazdida oshib tushgan.

7-o‘rin: Luis Suares



«Atletiko» hujumchisi o‘zining g‘alati harakatlari bilan, ehtimol dunyoning barcha qit’alaridan kelgan muxlislarni o‘ziga qarshi qilib qo‘ydi. Hech bo‘lmaganda Afrikada uni yomon ko‘rishadi, chunki Urugvay-Gana uchrashuvidagi Luisning qo‘li qora qit’a jamoasini tarixda birinchi marta Jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqishiga to‘sqinlik qildi.

Futbolchi o‘zining o‘tkir tishlari bilan ham mashhur, chunki u «Ayaks»da o‘ynab, PSV yarimhimoyachisi Otman Bakkalni tishlab oldi. «Liverpul» safida to‘p tepganda, u «Chelsi» yarimhimoyachisi Branislav Ivanovichni tishlab oldi. 2014 yilgi jahon chempionatida esa Italiya terma jamoasi himoyachisi Jorjio Kyellini «ta’mi»ni totib ko‘rdi.

Shuningdek, Suares Patris Evrada irqchilikda haqoratlagani haqida ham xabarlar tarqalgan.

6-o‘rin: Serxio Buskets



«Barselona» o‘yinchisi o‘zining kulgili «teatr tomoshasi» bilan, futbol muxlislari ichida memga aylanib turadi.

Serxio Buskets nafaqat yarimhimoyadagi ishonchli o‘yini, balki ajoyib simulyasiyalari bilan ham mashhur. Albatta, ba’zida u hakamni aldashga muvaffaq bo‘ladi, lekin ko‘pincha «Barsa» yarimhimoyachisi ochiqchasiga oshirib yuborib, muxlislar kulgusiga va g‘azabiga uchragan.

Buskets hakamdan raqiblari uchun sariq yoki qizil kartochka so‘rash uchun ko‘plab hiyla-nayranglarga murojaat qiladi, buning uchun ispan futbolchisi muxlislar tomonidan jiddiy tanqidlargan uchragan.

5-o‘rin: Diyego Kosta



O‘z rolini mohirona bajara oladigan simulyasiya va provokasiyani sevuvchi. «Atletiko Madrid» sobiq hujumchisi Diyego Kostani u o‘ynagan klublardan tashqari, barcha jamoa muxlislari yomon ko‘rishsa kerak. Braziliyaliklar ham Kostani ko‘rgan ko‘zi yo‘q, chunki u o‘z terma jamoasida o‘ynashni xohlamagan va Ispaniya taklifini qabul qilgan.

Futbol maydonida o‘zini hurmat qiladigan odam qilmasligi kerak bo‘lgan hamma narsani Kosta amalga oshiradi. Futbolchi maydonda emas, balki jang maydonida harakat qilayotgandek tasavvur uyg‘otadi. Raqiblarni tishlash, yuziga urish, raqib bilan dahanaki jang uyushtirish va shundan keyin hakamdan boshqa futbolchini jazolashini so‘rash - bu illatlarning barchasi Diyego Kostada bor. Shunisi e’tiborliki, hujumchi o‘zining ishini muvaffaqiyatli uddalay oladi va gol uradi va bu orqali raqiblarni ham, ularning muxlislarini ham g‘azablantira oladi.

4-o‘rin: Pepe



Portugaliyaning «Portu» klubini himoya qilayotgan Pepeni bu ro‘yxatga oddiygina kiritib bo‘lmadi. O‘zining eng yaxshi yillarida, o‘zining qo‘polligi va jahldorligi orqali nom qozongan. Portugaliyalik Diyego Kosta bilan bir xil, faqat undan ham qo‘polroq.

Raqiblarga qarshi shiddatli o‘yin, doimiy provokasiyalar va simulyasiyalar, haddan tashqari tajovuzkorlik va o‘zini oqlash - bu Pepening o‘yin uslubining o‘ziga xos xususiyatlari. 2012 yilda «Real Madrid» kubok uchrashuvlari doirasidagi «Barselona»ga qarshi bo‘lgan o‘yinda portugaliyalik Lionel Messining qo‘lini ataylab bosib o‘tdi. Ammo bundan oldin - 2009 yilda futbolchi bundan ham yomonroq harakat qildi: «qaymoqranglilar»ning markaziy himoyachisi «Xetafe» hujumchisi Xavyer Kaskeroni o‘z jarima maydonchasida yiqitdi, shundan so‘ng u yotgan raqibiga nisbatan juda yomon harakatlarni boshladi. Albatta, o‘zining xatti-harakati uchun himoyachi nafaqat muxlislarning noroziligi va hurmatsizligi, balki hakamlarning rang-barang kartochkalarini ham oldi. Kaskeroga nisbatan o‘yin uchun esa 10 o‘yinlik diskvalifikasiyaga loyiq ko‘rildi.

3-o‘rin: Neymar



Uchinchi o‘rinni «PSJ» vingeri Neymar egallaydi. Bunga yetarlicha sabab bor. Birinchidan, ko‘pchilik futbol muxlislari Neymarning o‘z imidjiga e’tibor qaratishini yoqtirmaydilar: soch turmagining doimiy o‘zgarishi va ijtimoiy tarmoqlarda haddan tashqari faollik. Bu ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, shunchaki erkakka xos emas. Ammo muxlislarni bundan ham bezovta qiladigan narsa o‘yinchining harakatlari, chunki Neymar so‘nggi yillarda asta-sekin simulyasiyalarning haqiqiy qiroliga aylandi. Jahon chempionatida esa bu tendensiyalar o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Shuningdek, futbolchining o‘ziga xos intevyulari, masalan, Messining soyasida qolishni istamasligi va shu sabab «Barselona»ni tark etgani haqidagi so‘zlari ham o‘yinchini bo‘yab qo‘ymaydi. Lekin hamma Neymarni Kataloniyani tark etishga majbur qilgan boshqa sabablar borligini yaxshi tushunadi.

Braziliyalik futbolchining shuhratparastligi va undan ham ko‘proq pul topish istagi uni juda zerikarli Fransiya chempionatiga kelishiga turtki bo‘ldi. O‘tgan yoz Messining Parijga kelishi esa vaziyatni yanada chigallashtiradi. Nima deb o‘ylaysiz, Neymar «PSJ» yana tark etadimi?

2-o‘rin: Serxio Ramos



Sobiq«el-kapitano» ikkinchi o‘rinni egalladi. Serxio Ramos «Real»da o‘ynab yurgan paytlarida, o‘zining qo‘polligi orqali ajralib turardi.  

«Real Madrid»ning sobiq sardori juda g‘alati xarakterga ega va uni tez-tez futbol maydonida ko‘rsatadi. Ispaniyalik qoida buzarligi bilan birga, simulyasiyadan ham foydalanadi. Shuning uchun ham Serxio faoliyati davomida 25tagacha qizil kartochka olishga muvaffaq bo‘lgan.

Shuningdek, 2018 yilgi Chempionlar Ligasi finalida «Liverpul» himoyachisi Muhammad Salohga nisbatan juda keskin tarzda o‘ynagani va uni o‘yin tugamasidan lazaretga jo‘natganini ko‘plab muxlislar esidan chiqarmasa kerak.  
O‘tgan yozda Ramos «PSJ»ga o‘tdi. Ba’zi xabarlarga ko‘ra, ispan futbolchisi Parijda ham o‘zini xuddi sardorlardek tutishi orqali tanqidga uchragan. Kuzatamiz, Ramos yangi klubi safida ham shunday o‘ynay olarmikan?!

1 -o‘rin: Krishtianu Ronaldu



Aytish mumkinki, portugalni Messining barcha muxlislari yomon ko‘rishadi. Bundan tashqari, Krishtianu Ronaldu haddan tashqari o‘zini hurmat qilishda ham ayblanadi, shuningdek, u haqida yomon mish-mishlar tarqalgan.

Futbol maydonida hujumchi ko‘pincha o‘ta xudbinlik qiladi. Uning 11 metrlik zarbalarga bo‘lgan muhabbati uni «penalti» laqabi bilan bilan atalishiga sabab bo‘lgan. O‘yin ko‘nikmalariga ega bo‘lgan Krishtianu ba’zida simulyasiya qilishi bilan ham esda qolgan.

Bularning barchasidan tashqari, muxlislar portugaliyalikning o‘ziga bo‘lgan ishonchidan va uning aql bovar qilmas muvaffaqiyatidan g‘azablanishadi. Ammo, bu holat 5 ta «Oltin to‘p» egasini faqatgina xursand qiladi. Ronalduning so‘zlariga ko‘ra, unga nafratlanadigan odamlar kerak, chunki bu unga kuch beradi va faqat yangi yutuqlarga undaydi.


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 15:07, 24.10.2021.
O'qildi: 13312 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.