Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
23/01 20:00 Vyetnam - Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

«Liverpul» murabbiyi: "Jamoada yangilanish qilib turish muhim"

«Liverpul» murabbiyi: "Jamoada yangilanish qilib turish muhim"

Baho:
+ | -

«Yangilanish» "Liverpul"ning Angliya Liga kubogi 4-bosqich doirasidagi «Preston»ga qarshi uchrashuvda asosiy maqsadi bo‘ladi.

Sakkiz kun vaqt oralig‘ida «Uotford», «Atletiko» va "Manchester Yunayted"dagi safarda qozonilgan g‘alabalardan keyin «qizillar», ushbu bahs uchun tarkibni aralashtirgan holda olib borishi mumkin.

"Mavsumning birinchi o‘yini, to‘qqizinchi hamda 38-bahsini yaxshi formada o‘tkazishni istasangiz, bu jihat muhim deb o‘ylayman. Ikki narsa ahamiyatli", - deya aytib o‘tdi «Liverpul»ning yordamchi murabbiyi Peppin Liynders.

"Birinchi jihat - bu barqarorlik - g‘oyalarimizning davomiyligi, shunday ekan biz o‘z mentalitetimiz, oldimizga qo‘ygan maqsadlarimiz, o‘ynash uslubimizni ko‘rsatishni istaymiz. Bunda barqarorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Biz har kuni qiladigan ishimiz - bu tayyorgarlik. Ikkinchi jihat - bu tarkibdagi bor futbolchilardan foydalanish. Chunki, o‘yinimizda yangilanish bo‘lishi kerakligini bilamiz va bizga ijodkorlik, oldindan taxmin qila olmaslik uchun yangilik kerak. Charchoq buni to‘xtatib qolishini bilamiz.

Jamoangiz o‘yinga chanqoq, o‘z o‘yinini ko‘rsatishga tayyor, o‘yinda hukmronlik qiladigan va nazoratni o‘z qo‘liga olishini istasangiz, tarkibdagi o‘yinchilarning barchasidan foydalanish muhim. Birinchisi barqarolik. Biz ilk va oxirgi o‘yinda ham yaxshi formada bo‘lishimiz uchun ushbu jihatni istaymiz. Ikkinchi, to‘g‘ri vaqtda jamoadan foydalana olish".

Jeyms Milner "Old Trafford"da o‘tgan bahsda olgan jarohati bois noyabr oyigacha safdan chiqqan. Nabi Keyta ham Pogbaning tashlanishidan so‘ng qattiq jarohat olgan va undan tiklanish uchun harakatni davom ettirmoqda.

Fabinyoning tizzasidan olgan jarohatidan so‘ng keyingi o‘yinga qaytishni maqsad qilgan. Bu bahs APL doirasidagi «Brayton» jamoasiga qarshi bo‘ladi. Tiago Alkantara esa hali qaytishga tayyor emas. U boldir mushaklaridan shikastlangan.

Shuningdek, Liynders o‘yindan oldin Kaomin Kellexer Chempionship vakili «Preston» bilan bahsda boshlang‘ich tarkibda tushishi mumkinligi, Adrian esa unga o‘rinbosar ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Ikkala jamoaning holati

«Liverpul» oxirgi o‘yinda "Manchester Yunayted"ni safarda 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. Mazkur bahsda «qizillar»ning asosiy tarkibi shunday ko‘rinishda edi: Alisson, Arnold, Konate, Van Deyk, Robertson, Xenderson, Milner, Keyta, Jota, Salah, Firminyo.

«Preston» esa mehmonda «Blekpul»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. 23 oktyabr kuni o‘tkazilgan bahsda quyidagi tarkib o‘yin avvalida maydonga tushgan:

Iversen, Stori, Bauer, Xyus, Vna den Berg, Uaytman, Braun, IYErl, Jonson, Sikleyr, Riis.

Eslatib o‘tamiz, «Preston» - «Liverpul» o‘rtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: liverpoolfc.com
Kiritildi: 11:57, 27.10.2021.
O'qildi: 2124 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.