Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/06 03:00 Panama 2-1 AQSh
28/06 06:00 Urugvay 5-0 Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona 4-2 Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum 1-0 OKMK
29/06 03:00 Kolumbiya - Kosta-Rika
29/06 06:00 Paragvay - Braziliya
29/06 21:00 Shveysariya - Italiya
30/06 00:00 Germaniya - Daniya
30/06 05:00 Kanada - Chili
30/06 05:00 Argentina - Peru
30/06 21:00 Angliya - Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya - Gruziya

Sulsherga aloqasi yo‘q! Sancho nega «Manchester Yunayted»da gol ura olmayapti

Sulsherga aloqasi yo‘q! Sancho nega «Manchester Yunayted»da gol ura olmayapti

Baho:
+ | -

23 iyul kuni «Manchester Yunayted» Dortmundning «Borussiya» klubining 21 yoshli vingeri Jeydon Sancho transferini rasman e’lon qildi, bu xarid mankunianliklarga 85 million yevroga tushdi. O‘shandan beri ingliz futbolchisi «qizil iblislar» safida barcha turnirlarda 11 ta o‘yin o‘tkazib, birorta ham gol ura olmagan. O‘tgan mavsumda Jeydon «Borussiya»da 38 ta o‘yinda 36 ta samarali harakat qilgan bo‘lsada, APLda 517 daqiqada 0 gol va 0 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nega bu sodir bo‘lmoqda va yaqin kelajakda Jeydon Sanchodan nimani kutish mumkin? Bu «Old Trafford»da «Liverpul»dan 0:5 hisobidagi sharmandali mag‘lubiyatdan so‘ng, jamoaning ko‘plab muxlislari iste’foga chiqishni talab qilayotgan Ole-Gunnar Sulsherning aybimi? Hozir esa «Stadion.uz» nashri ingliz futboli olamidagi nufuzli insonlarning fikrilarini hisobga olgan holda, bu holatga aniqlik kiritadi.

Xullas, mankunianliklar anchadan buyon iqtidorli yarimhimoyachining transfer narxini so‘rab kelayotgan klublardan biri bo‘lib, o‘tgan yilda yakuniy qarorga keldi va futbbolchi bilan kelishuvga erishdi. Gleyzerlar oilasi jamoadagi kadrlar bilan bog‘liq muammolar tufayli katta miqdorda pul sarflashga majbur bo‘ldi, chunki «MYU» katta islohatlarga muxtoj edi.

«Manchester Yunayted»ning ko‘plab muxlislari Sanchoning sobiq jamoasidagi kabi fenomenal o‘yin ko‘rsata boshlagan holda, yuqori saviyada o‘ynay olishiga umid qilishgan. Biroq, Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt uchun Sanchoning holati kutilmgan natija emasdek.

«Jeydon atrofida sodir bo‘layotgan voqealar meni hayratda qoldirmadi. Bundesliga butunlay boshqacha chempionat. «Borussiya Dortmund» katta klub, ammo «Manchester Yunayted» dunyodagi eng yaxshi klublardan biri. Bunga moslashish uchun vaqt kerak, chunki Bundesliga va Angliya Premyer-ligasi ikki xil chempionat. Ikki musobaqada esa bir xil darajadagi o‘yin ko‘rsatish qiyin», - deydi Sautgeyt.


Ko‘p jihatdan «uch sherlar» ustozi haq, chunki Germaniya va Angliya chempionatlarida raqobat darajasi har xil. Agar so‘nggi yillarda Bundesligada «Bavariya» timsolida chempionlik uchun faqat bitta asosiy da’vogar topilgan bo‘lsa va boshqa klublar vaqti-vaqti bilan bu darajaga yaqinlashishga xarakat qilishsa, Premer-ligada dahshatli  tarkibga «Manchester Yunayted»dan tashqari, boshqa kuchliroq jamoalar ham bor - «Manchester Siti», «Liverpul» va «Chelsi». Undan keyin «Katta oltilik» a’zolari «Tottenxem» va «Arsenal»ni ham esdan chiqarmaslik lozim.

«Bundesligada yaxshi jamoalar bor va umuman olganda, bu chempionat yosh iqtidorlarni rivojlantirish uchun juda mos keladi. Angliya ligasi o‘yin nuqtai nazaridan keskinroq, qiyinroq va Sancho buni endigina tushuna boshlagandir», - deya qo‘shimcha qiladi Sautgeyt.

Dortmundning «Borussiya» klubi direktorlar kengashi raisi Xans-Yoaxim Vaskening fikricha, Sanchoning «Manchester Yunayted»dagi muammolari vinger Sautgeytning murabbiylik tuzilmasida asosiy figura emasligi bilan bevosita bog‘liq.

«Men Jeydonni yaxshi ko‘raman. Ammo, uning klubda yaxshi natijalar ko‘rsata olmayotgani xafa qilmoqda. Uning «Manchester Yunayted»da qanchalik kam o‘yin amaliyotiga ega bshlmayotgani meni xafa qilmoqda. Menimcha, muammo uning Angliyada asosiy o‘yinchi emasligida», dedi Vaske jurnalistlarga.



 Hozirda «uch sherlar» hujum chizig‘ida juda keng tanlov imkoniyati bor. Xususan, Sautgeyt bemalol Markus Reshford, Raxim Sterling, Bukayo Saka, Jek Grilish va Fil Foden kabi futbolchilar bor.

Biroq, terma jamoada shuncha futbolchilar bo‘lsa-da, so‘nggi yig‘inida Sautgeyt yaxshi natijalar ko‘rsata olmayotgan Sanchoni chaqirdi.

«Sancho klubdagi so‘nggi o‘yinlari natijasiga ko‘ra terma jamoaga chaqiruvga loyiq edimi? Balki yo‘q. Lekin o‘ylaymanki, biz Sanchoga ma’lum vaqt avvalgi o‘yinini topib, keyin qaytishni kutishimiz kerak. U yuqori saviyada o‘ynashga qodirligiga ishonamiz. Unga yakkama-yakka suhbatlashish uchun qo‘ng‘iroq qildim. Men uchun unga «Manchester Yunayted»da kechayotgan qiyin vaziyatda yordam berishga harakat qilish muhim. Ba’zan o‘yinchilar qandaydir xabar yuborishlari kerak. Ba’zida bu futbolchining terma jamoadan tashqarida qolishi bilan bog‘liq bo‘ladi, ammo hozirda Sancho biz bilan bo‘lishi kerak degan qarorga keldik», - dedi Sautgeyt.

Xalqaro o‘yinlarning so‘nggi kunlrida Sancho Angliyaning Andorraga qarshi (5:0) o‘yinda maydonga tushdi va 72 daqiqani maydonda o‘tkazdi. Sautgeyt umuman olganda, haq edi - yosh yarimhimoyachi uning ishonchiga ijobiy munosabatda javob qaytardi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Klubda Sancho hali kerakli yordamga ega emas, chunki hozirda Ole-Gunnar Sulsherning o‘zi juda qiyin vaziyatda va uning kelajagi qanday bo‘lishini bilmaydi. Norvegiyalik mutaxassisning Sanchoga yordam  berishga vaqti yo‘q, u klubdagi mavqeini saqlab qolish uchun butun jamoa o‘yinini yaxshilashi kerak edi.



Garchi, Jeydonning o‘zi ham o‘yinni o‘zgartirishi, jamoaviy ishlarga ko‘proq e’tibor qaratishi kerak. Misol uchun, afsonaviy Pol Ins Sanchoni individual tarzda to‘p bilan ishdagani uchun qattiq tanqid qildi.

«Tushundimki, Sancho hali ham o‘quvchi, u hali yosh. Lekin bu FIFA emas! Haqiqiy o‘yinda hamma narsa doimiy dribling va ikki, uch yoki to‘rtta raqibni ortda qoldirishga asoslanmagan. Sancho kabi o‘yinchilar maydonga tushishsa yaxshi, lekin bu nayranglarning barchasi xato... To‘g‘ri futbol o‘ynang», - dedi Inc.

Balki tajribali sobiq futbolchining fikricha, Jeydon Sancho «Manchester Yunayted»da muvaffaqiyat qozonish uchun o‘zgarishi kerak. Biroq, qanot hujumchisining «qizil iblislar»dagi sifatli o‘yini uchun driblinglarini amalga oshirishni to‘xtatish kerak, degani ham haqiqatdan yiroq.

Albatta, Sanchoga vaqt kerak. Lekin, vaqt kerak degani, uni zaxira o‘rindig‘iga mixlab qo‘yish kerak degani emas. Shu sabab, Jeydonning o‘yiniga tezda baho bermaslik kerak. Vaqt keladi va u avvalgi o‘yinini albatta tiklaydi.


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 10:45, 29.10.2021.
O'qildi: 5222 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.