Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Nabi Keyta 14 kunda 3 mamlakatda 5ta o‘yin o‘tkazdi

Nabi Keyta 14 kunda 3 mamlakatda 5ta o‘yin o‘tkazdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» yarim himoyachisi Nabi Keyta CHL guruh raundi 3-turidan o‘rin olgan «Atletiko»ga qarshi bahsda Yurgen Kloppning boshlang‘ich tarkibidan joy oldi. Shu bilan uning oxirgi 14 kunlik statistikasi aql bovar qilmas darajaga keldi: ketma-ket 5ta o‘yin. Yana turli jamoalar safida turli turnirlar, shaharlar va mamlakatlarda...

Darvoqe, Nabi Keyta yaqindagina g‘aroyib bir sarguzashtni boshidan o‘tkazgandi. Aniqroq aytsak, Gvineyada harbiy to‘ntarish bo‘ldi va mamlakat terma jamoasining Yevropa klublarida o‘ynaydigan futbolchilari chegaralar yopilgani oqibatida belgilangan vaqtda ortga qaytolmadilar. Natijada «Liverpul» vakillari Nabining Angliyaga parvoz qilishini ta’minlash uchun ancha yelib-yugurishdi. Qolaversa, Gvineya milliy jamoasi ayni shu muammo ortidan JCH-2022 saralashi doirasidagi uy uchrashuvlarini Marokashda o‘tkazdi.

Yana bir tomoni, Keyta oxirgi 2 yil davomida bunday tig‘iz taqvimda o‘ynashni hattoki, orzu ham qilmagan bo‘lsa kerak. Zero, yarim himoyachi to‘p-to‘p jarohatlarga yo‘liqqandi. Muhimi, Keyta noyob seriya ichidagi 5-o‘yinni qoyilmaqom darajada boshlab, «Atletiko» darvozasiga gol urdi. Biroq keyinchalik charchoq o‘z so‘zini aytdi, baribir: faollikni pasaytirdi, qo‘yib yuborilgan gollarda ishonchli harakatlanolmadi va tanaffusda o‘z o‘rnini zaxira vakiliga bo‘shatib berdi.

-------------------------------------

P.S.: Nabi Keyta yakshanba kuni «MYU»ga qarshi o‘yin­da ham maydonga tushib, tezkor gol urdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:27, 30.10.2021.
O'qildi: 2618 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик