Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya 2-1 Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston 1-6 Argentina
30/09 21:00 As-Sadd 2-0 Istiqlol
30/09 21:00 Persepolis 1-1 Paxtakor
30/09 21:00 Al-Vasl 0-2 Al-Ahli (SA)
30/09 23:00 An-Nasr (SA) 2-1 Ar-Rayyan
30/09 23:45 Parma 2-3 Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton

Zidan "Manchester Yunayted"ga bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin(mi?)

Zidan "Manchester Yunayted"ga bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin(mi?)

Baho:
+ | -

O‘z tarkibiga Jeydon Sancho, Rafael Varan va ayniqsa, Krishtianu Ronaldu kabi yulduzlarni qo‘shib olgandan so‘ng “Manchester Yunayted“ jamoasi Yevrofutbolda eng kuchli tarkibga ega jamoalardan biriga aylandi. O‘zi ishtirok etayotgan har bir musobaqada klubning favorit deb ko‘rsatilishi ham “qizil iblislar“ning qudratidan darak beradi. Ammo shunday jamoa mavsum boshidan bir necha muhim o‘yinlarda qimmatli ochkolarni yo‘qotdi. Hali grandlarga qarshi og‘ir uchrashuvlarga endi yetib kelganiga qaramasdan, “MYU“ raqiblardan bir necha bor “tarsaki“ qabul qilib oldi. Xo‘sh, bu mag‘lubiyatlarda murabbiy Sulsherning ulushi qanchalik yuqori? Uning yulduzlarga “tishi o‘tmayapti«mi?

Oxirgi o‘yinlardagi muvaffaqiyatsiz uchrashuvlardan so‘ng "mankunianlar" bosh murabbiyligiga nomzodlar qatoriga Zinedin Zidan nomi ham qo‘shildi. Fransuzning ”Real Madrid” yulduzlari bilan nimalar qilib tashlaganini hisobga olib, Stadion.uz bu ehtimoliy variant haqida atroflicha to‘xtalib o‘tishga qaror qildi.

Olening kamchiliklari

Keling, dastlab Ole-Gunnar Sulsher haqida ham qisqacha gapirib o‘tsak. Uning muxlislarga yoqmayotgan taktik ishlanmalari, tanlovlari va kamchiliklari haqida so‘z yuritaylik. O‘tgan mavsumlarda ham Sulsher jamoasi bilan o‘zidan oldingi hamkasblariga nisbatan ishonchliroq o‘yin ko‘rsatgan
bo‘lsada, muxlislar norvegiyalik mutaxassisga shubha ko‘zi bilan qarab kelishadi. Uning nima uchun bir xil uslubdan voz kechmasligi, tarkibdagi futbolchilarni rotasiya qilmasligi va futbolchilar darajasidan maksimal foydalanmasligi tomoshabinlar uchun hali ham ochiq savol bo‘lib qolmoqda. Qanot futbolchilarining hujumdagi passivligi, markaziy himoyachilarining qo‘pol xatolarga tez-tez yo‘l qo‘yishi kabi jihatlarni ham qo‘shadigan bo‘lsak, “Old Trafford" egalarida muammolar yetarlicha ekanligi namoyon bo‘ladi.

Buyuklar birlashuvi

Zinedin Zidanning "qizil iblislar”ga bosh murabbiy bo‘lishi muxlis-u mutaxassislar uchun qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lishi tayin. Ko‘pchilik "ZiZu"ni ”Real”dagi fantastik natijalaridan so‘ng ”Yuventus” yoki Fransiya MTJga murabbiy etib tayinlashini kutmoqda. Lekin yangi va ishonchli loyiha oldida, o‘zining eski shogirdlari (Varan, Ronaldu), shuningdek, yurtdoshlari Marsial, Pogbalar bilan ishlash imkoni turganda Zidan nega endi darrov rad javobini berishi kerak? Tajriba orttirish maqsadida APLda 2-3 mavsum o‘tkazib, so‘ng orzulari tomon qadam tashlasa ham fransiyalik dahodan hech kim ranjimasa kerak.

Klub uchun bu foydalimi yoki zararli?!

Barchamizga ma’lumki, ”MYU” alohida qadriyatlarga, uslubga va shonli o‘tmishga ega bo‘lgan klub. Har doim ushbu jamoaning maqsadlari ulkan bo‘ladi. Bu tomonidan ingliz jamoasi Ispaniyaning ”Real Madrid”iga o‘xshab ketadi va bu Zidan uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi. U katta klublarda qanday ishlash kerakligini yaxshi biladi. Qo‘shimchasiga, Zinedin yirik transferlarga ko‘p ham urg‘u beravermaydi. Buni qarangki, ”mankunianlar”da ham kerakli o‘yinchilar yig‘ib bo‘lingan. Faqat barqaror jamoa shakllantirilsa, kifoya. Aytmoqchi bo‘lganimiz, Manchesterning qizil tomonidagi muhit Madridning ”qirollik klubi”dagi muhit bilan deyarli bir xil. Ya’ni yulduzlarga, kuchli zaxiraga ega, murabbiyga to‘la ishonch bildiruvchi va sovringa muhtoj klublar.

"Har yaxshining bir yomoni bor", – deganlaridek, ”qaymoqranglilar” sobiq bosh murabbiyida ham kamchiliklar topiladi. Masalan, u qanot himoyachilarining hujumda faol bo‘lishini talab qiladi. Biroq ”MYU”da loterallar, asosan, himoyaga moslashtirilgan. ”Yunayted”ning hujumlari ”blankos”nikidan farqli o‘laroq, markazdan amalga oshiriladi. To‘g‘ri, “bu fransuzning xatosi emas, uning uslubi shunaqa", – dersiz. Ammo e’tibor berib qarasak, sobiq futbolchi "Real” tizimidan boshqa jamoada murabbbiylik qilmagan va tabiiyki, boshqacha usulda futbol o‘ynashni to‘la o‘zlashtirmagan. Shu tomondan, Zidanda muammo bo‘lishi mumkin. Ammo u vaziyatga tez moslashuvchi mutaxassis va inson ekanini inobatga olsak, bu muammolar unga katta tashvish bo‘la olmaydi.

Yuqorida biz taxminlarga va shaxsiy qarashlarga asoslangan ma’lumot haqida asosli fikrlar bildirishga harakat qildik. Shu o‘rinda, siz ham bemalol fikr bildirishingiz mumkin.

Nima deb o‘ylaysiz, ”Manchester Yunayted“ga Zidan varianti mos keladimi yoki Sulsherga ishonishda davom etgan ma’qulmi? Balki sizda umuman boshqa variant bordir!

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:00, 31.10.2021.
O'qildi: 6300 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.