Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Belgrad-2021. Mujibillo Tursunov ikki karra jahon chempionini mag‘lub etishi mumkin edi...

Belgrad-2021. Mujibillo Tursunov ikki karra jahon chempionini mag‘lub etishi mumkin edi...

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Serbiyadagi jahon chempionatida 63,5 kilo vazn toifasida ishtirok etib kelayotgan Mujibillo Tursunov  chorak final bosqichida ikki karra jahon chempioni (2017, 2019) va Tokio-2020 olimpiadasi g‘olibi Endi Kruzga qarshi jang olib bordi.

Kubalik mahoratli bokschi birinchi bo‘limda masofadan jang olib borib, qarshi hujumlarda ustunlik qildi. Natijada hakamlarning barchasi uning ustunligini e’tirof etishdi.

Mujibillo ikkinchi bo‘limdan boshlab raqibga bosimni oshirdi. Bu uslub unga naf keltira boshladi. Ikkinchi bo‘limda hakamlarning ikki nafari, uchinchi taymda esa 3 nafar Tursunovga ustunlik berishdi. Yakuniy baholar — 2:3 (29:28, 29:28, 28:29, 27:30, 27:30).

Mujibillo birinchi raundda ham shunday jang namoyish etib, 1-2 nafar hakamning ovozini ola bilganida, to‘qnashuvni o‘z foydasiga hal qilishi mumkin edi. Ammo vatandoshimiz o‘z yurishini shu bosqichda yakunladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:42, 02.11.2021.
O'qildi: 3845 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.