Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

YECHL. Kloppning "mashina"si Simeone "hindu"lariga qarshi yoxud "Liverpul" – "Atletiko" (prevyu)

YECHL. Kloppning "mashina"si Simeone "hindu"lariga qarshi yoxud "Liverpul" – "Atletiko" (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun Chempionlar Ligasining navbatdagi shiddatli va tomoshabop uchrashuvlariga start beriladi. Ko‘pchilik uchun eng qiziq uchrashuv, fikrimizcha, Liverpulda bo‘lib o‘tadi. Unda “Enfild Roud“ egalari “Liverpul“ jamoasi Madridning “Atletiko“sini qabul qiladi. Shu munosabat bilan Stadion.uz klublarning uchrashuvdagi imkoniyati va hozirgi holati haqida so‘z yuritadi.

“Liverpul“

Yurgen Klopp jamoasi ichki chempionatda, kubok va YECHLda ham yaxshi natijalar qayd etmoqda. APLda hali mag‘lub bo‘lmadi, CHLda ochko yo‘qotgani yo‘q, oxirgi 23 o‘yinni mag‘lubiyatsiz yakunlagan. Van Deyk ismli “gigant“ning lazaretdan qaytishi klub uchun ancha foydali bo‘ldi. So‘nggi 5 o‘yinda “mersisaydliklar“ 17 gol urishga muvaffaq bo‘lishgan va o‘z darvozalaridan atigi 4ta gol o‘tkazib yuborishgan. Tarkibdagi futbolchilar, ayniqsa, Muhammad Salah hozir juda ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Hozirgacha jami 16 o‘yinda harakatlangan misrlik iqtidor hisobida 18 gol va 6 assist mavjud. Umuman olganda, “Liverpul“da hozir kayfiyat ham, imkoniyat ham, jamoaviy o‘yin ham yuqori darajada.

“Atletiko Madrid“

Ispan jamoasida ishlar zo‘r deb bo‘lmaydi. Ammo vaziyat unchalik yomon ham emas. “Matraschilar“ ichki chempionatda hozircha yomon ketishmayapti. 22 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rindan joy egallashgan. Chempionlar Ligasida esa “Portu“dan to‘plar nisbatining yaxshiligi evaziga 2-o‘rinni tortib olgan. Raqamlarga qaraydigan bo‘lsak, Diyego Simeone jamoasi o‘rtacha tezlikda harakatlanmoqda deya olamiz. Klubda barqarorlik yo‘lga qo‘yilmagan. Oxirgi 5ta o‘yinda 2 g‘alaba, 2 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etilgan. 11ta gol urib, 7ta to‘p o‘tkazib yuborilgan. Ammo bilamizki, bu klub katta o‘yinlarda qanday o‘ynash kerakligini juda yaxshi biladi. Tajriba borasida “hindular“ni raqibdan ustun desak hech mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Bugungi o‘yinda “Liverpul“ favorit bo‘lishi mumkin, ammo “Atletiko“ har doim har qanday raqibga kurash taklif qila oladi. Bu safar ham Madrid klubi shunchaki yutqazib berish uchun maydonga tushmaydi.

“Liverpul“ga oid yangiliklar

Ingliz klubida bir qator yo‘qotishlar mavjud. Nabi Keyta, Xarvi Elliott va Jeyms Milner jarohati sabab ushbu bahsni o‘tkazib yuborishlari kutilmoqda. Shuningdek, Tiago Alkantara va Fabinyo kabi o‘yinchilarning ham maydonga tushishi so‘roq ostida. Ushbu futbolchilar Kloppning yarimhimoyadagi imkoniyatlarini keskin kamaytiradi. Ammo nemis mutaxassisi bunga chora topa oladi, fikrimizcha.

“Atletiko“ga oid yangiliklar

La Liganing amaldagi chempionlarida ham yo‘qotishlar yetarlicha. Markos Lyorente va Toma Lemar jarohat sabab o‘yinni o‘tkazib yuborishi deyarli aniq. Joffre Kondogbyaning esa maydonga tushishi noaniq bo‘lib turibdi. Antuan Grizmann esa o‘tgan o‘yinda olgan qizil kartochkasi sabab bu uchrashuvda qatnasha olmaydi. Ko‘rinib turibdiki, Simeonedagi yo‘qotishlar jiddiyroq. Biroq bu – futbol. Unda esa har qanday sharoitga moslashish lozim.

Taxminiy tarkiblar

“Liverpul“

Alisson; Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson; Oksleyd-CHemberlen, Xenderson, Jons; Salah, Jota, Mane.

“Atletiko“

Oblak; Savich, Ximenes, Ermoso; Trippyer, Koke, de Paul, Karrasko; Korrea, Suares, Felish.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv bugun tunda Toshkent vaqti bilan 01:00da start oladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:12, 03.11.2021.
O'qildi: 2462 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.