Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

«Tottenxem» 60 yildan keyin Antonio Konte boshqaruvida chempionlik titulini qo‘lga kiritadimi?

«Tottenxem» 60 yildan keyin Antonio Konte boshqaruvida chempionlik titulini qo‘lga kiritadimi?

Baho:
+ | -

Antonio Konte «Tottenxem»ni qabul qildi va bu faqat bitta narsani anglatishi mumkin, ya’ni «shporlar» o‘z oldiga Premyer-ligada g‘alaba qozonishni maqsad qilib qo‘ydi. Ular shu sabab, ular italiyalikka katta ishonch bildirishmoqda. «Stadion.uz» nashri Konte yaqin kelajakda «Tottenxem» bilan nimalarni o‘zgartirishi mumkinligi haqida fikr yuritadi.

«Tottenxem» o‘z tarixida ikki marta - 1950/51 va 1960/61 yilgi mavsumlarda Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng, «shporlar» Kubok egalari kubogini, ikki marta UYEFA kubogini qo‘lga kiritdi va hatto Chempionlar ligasi finaliga ham chiqdi. Biroq, ular 60 yildan ortiq vaqt davomida chempionlik unvoniga ega chiqa olishmayapti, ammo keyingi mavsumda bu an’anaga chek qo‘yilishi mumkin.

Antonio Konte — chempionlik yo‘lida, o‘zi boshqarayotgan jamoalarini o‘yin uslubini tezda o‘zgartirishi bilan mashhur. U Italiya  A Seriyasidagi faoliyati davomida, skudettoni «Yuventus»ga qaytardi, «Chelsi» bilan Premyer-ligada g‘olib chiqdi, keyin esa «Inter» bilan ham shunday muvaffaqiyatga erishdi. Italiyalik mutaxassis qisqa muddat ichida milliy chempionatlarda g‘alaba qozonish uchun mo‘ljallangan jamoani mukammal shakllantira oladi.

Chempionlik titulini qo‘lga kiritish uchun Konte har doim klub rahbariyatidan tarkibga jiddiy sarmoya kiritishni talab qiladi. Shunday qilib, yaqin kelajakda «Tottenxem» nihoyat transfer oynasi vaqtida katta xaridlarni amalga oshirish uchun, katta pul sarflashni boshlashini kuzatishimiz mumkin. Birgina yanvar oyida londonliklar yangi kelganlar uchun 100 million yevrogacha sarmoya kiritishlari mumkinligi allaqachon xabar qilingan edi. Bugungi me’yorlarga ko‘ra, boshqa tomondan, koronavirus inqirozi davrida bu miqdor unchalik katta emas, ammo kichik summa ham emas.



Kontening shartnomasi keyingi mavsum oxirigacha amal qilishi haqida aytib o‘tildi. Bu esa o‘z-o‘zidan qiziqarli holatni keltirib chiqarishi mumkin. Buni bir tomondan, «Tottenxem» mutaxassisning janjalkash xarakterini bilishi va uzoq muddatli shartnoma imzolashni istamagani bilan izohlash mumkin. Boshqa tomondan, Konte bu muzokaralarda kuchli pozisiyadan gapirish ehtimoli ko‘proq bo‘lishi mumkin edi. Va bu holatda, bunday davrni murabbiyning o‘zi «shporlar» ambisiyalari qanchalik jiddiyligini tekshirishni xohlayotgani bilan izohlash mumkin. Konte «Tottenxem» shartnoma shartlarini bajarishni talab qilib, shunchaki qo‘yib yubormagan Harri Keynning ahvoliga tushib qolishni unchalik xohlamaydi.

Konte bilan yana bir qiziq jihat bor. O‘tgan yozda «Tottenxem» murabbiy qidirayotganida, klub italiyalik mutaxassisga murojaat qilgani, biroq bunga rozi bo‘lmagani xabar qilingandi. Natijada londonliklar Nunu Eshpiritu Santuni bilan shartnoma imzoladi. London klubi portugaliyalik bilan transfer masumini sust o‘tkazishgan bo‘lsa-da, mavsum boshini ajoyib boshlashdi. Ketma-ket uch g‘alaba va ushbu klublar orasida «Manchester Siti»ning ham borligi ko‘p narsani anglatishi kerak edi. Biroq, keyingi omadsizliklar....  

Endilikda «shporlar» Konteni Premyer-ligada Pep Gvardioladan keyin ikkinchi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyga aylantirishga rozi bo‘ldi. Bu harakat «Tottenxem» chempionlik unvoni uchun kurashishning yagona yo‘li ko‘p pul sarflash deb qaror qilganga, klub prezidenti Levi vanihoyat londonlik muxlislar  holatini tushunganga o‘xshaydi.

Boshqa tomondan, Konte ham, hatto faol transfer siyosati bilan ham «Tottenxem»ning keyingi mavsumdagi muvaffaqiyatini kafolatlamaydi. Shunga qaramay, Angliyada juda jiddiy raqobat bor va g‘alabaga da’vogarlar ko‘p. Biroq keyingi mavsumdagi uchrashuvlarni kuzatish yanada qiziqarli bo‘ladi. «Tottenxem» rahbariyatiga ko‘p narsa xavf solmoqda. Gap pulda emas, balki katta mablag‘ sarflamay top-klub qilish falsafasida. Hozirgi kunda katta xarajatsiz biror narsaga erishib bo‘lmaydi, aks holda Konteni olib kelishdan nefoyda?

 

Konte jamoaga kimlarni taklif qilishi mumkin?

Italiyalik mutaxassis «Tottenxem» boshqaruviga kelgandan so‘ng, ko‘p OAVda londonliklarning ehtimoliy transferi haqidagi mish-mishlar tarqalmoqda. Xususan, «Fiorentino» hujumchisi Dushan Vlaxovich, «Lion» yetakchisi Ussem Auar, «Milan» yarimhimoyachisi Frank Kessi va «Chelsi» himoyachisi Antonio Ryudiger kabi futbolchilar «shporlar»ning asosiy nishoni ekanligi aytilmoqda. «Tottenxem» Dushanni yozgi transfer mavsumida sotib olishi haqida aytilgandi. Biroq, «biafsharanglilar» futbolchisini sotishni istamadi. Fransuz klubi esa Ussemga yaxshiroq taklif tushasa sotib yuborishga qarshi emasligini bildirishgan. Kessi va Ryudiger masalasi biroz chalkashroq. Sababi, ushbu futbolchilar o‘z klubi bilan yangi shartnoma masalasida kelisha olmayapti.



Shuningdek, ba’zi manbalar Konte sobiq shogirdlarini APLga olib kelmoqchiligi haqida ma’lum qilgan. Bular — «Inter» a’zolari de Vrey va Bastoni.

Albatta, barcha narsa vaqt masalasidir. «Tottenxem»ga Antonio keldi degani, bu klubni barcha sovrinlar uchun asosiy da’vogarga aylantirmaydi. Biroq, mutaxassis «shporlar»ning o‘yin uslubida katta o‘zgarishlarni amalga oshirishi aniq.


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 17:51, 03.11.2021.
O'qildi: 3860 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.