Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

OFK Kubogi-2021 finaloldi matbuot anjumani: “Al Muharraq” ustozi fikrlari

OFK Kubogi-2021 finaloldi matbuot anjumani: “Al Muharraq” ustozi fikrlari

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / OFK kubogi / Final
Rukn: Yangiliklar

OFK Kubogi-2021 final uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda “Al Muharraq” jamoasi ustozi Isa Sadun Al Hamdani va jamoa yetakchilaridan biri Hamza Al Juban ishtirok etishdi.

Isa Sadun Al Hamdani “Muharraq” bosh murabbiyi:

"Biz final o‘yiniga jiddiy hozirlik olib bordik. Ushbu musobaqada oldin ham g‘olib chiqqanmiz. Bu borada tajribamiz mavjud. Endi oldinda “Nasaf” klubiga qarshi jiddiy uchrashuv kutib turibdi. Lekin biz ijobiy natijaga umid qilyapmiz.

Muharraq O‘zbekiston klublariga qarshi hali o‘ynamagan. Bu galgi uchrashuv biz uchun yangi tajriba bo‘ladi. Lekin bilamiz, O‘zbekiston chempionati kuchli, klublar ham ancha saviyali. Qolaversa, o‘zbekistonlik futbolchilar Yevropada ham o‘ynay boshlashdi. Yaqinda Italiya chempionatida o‘zbek futbolchisi o‘yinini kuzatdim. Umuman olganda, o‘zbek klubiga qarshi o‘yin oson o‘tmasligi aniq.

Raqibni yaxshi o‘rganishga urindik. Tarkibida ancha mahoratli o‘yinchilar bor ekanini bilamiz. Qolaversa, “Nasaf”ning yetakchi himoyachilaridan biri uchun mavsum jarohat sabab allaqachon yakunlanganidan ham xabarimiz bor", - deya so‘zini yakunladi bosh murabbiy.


Hamza Al Juban “Muharraq” futbolchisi:

"Jamoamiz final o‘yiniga 100 foiz tayyor. O‘zbekiston jamoalari hamisha mazmunli o‘yin namoyish etishadi, buni juda yaxshi bilamiz. Lekin maqsadimiz – g‘alaba qozonish. Buning uchun bor mahoratimizni ishga solamiz", - dedi futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, "Al Muharraq" - "Nasaf" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

Manba: Nasaf klubi matbuot xizmati
Kiritildi: 20:47, 04.11.2021.
O'qildi: 4823 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик