Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

Shomurodovdan gol, Yaxshiboyevdan assist yoxud legionerlarimizning o‘tgan hafta qayd etgan natijalari

Shomurodovdan gol, Yaxshiboyevdan assist yoxud legionerlarimizning o‘tgan hafta qayd etgan natijalari

Baho:
+ | -

Xalqaro maydonlarda o‘z klubi safida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik futbolchilarning o‘tgan haftada qayd etgan natijalari haqida sizlarni tanishtirib o‘tamiz.

Qozog‘iston. Igor Sergeev ("Tobol")

Faoliyatini Qozog‘istonning "Tobol" jamoasida davom ettirayotgan Igor Sergeev o‘zining klubi bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi. Jamoa Qozog‘iston kubogi yarim final bahsida "Shaxtyor Karaganda" mehmoni bo‘ldi va kutilmaganda yirik 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrab turnirni tark etdi. Hamyurtimiz uchrashuvda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi va jamoasining 2-golini hisobiga yozdirib qo‘ydi. Qayd etish joiz, jamoa bir hafta avval "Akjayik"ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib o‘z yurtida chempionlikni rasmiylashtirgandi.

Saudiya Arabistoni. Jaloliddin Masharipov ("An-Nasr")

Saudiya Arabistoni chempionati 11-turida Jaloliddin Masharipov to‘p surayotgan "An-Nasr" turnir jadvali yetakchilaridan biri "Ash-SHabab" mehmoni bo‘ldi va 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Masharipov 90+3 daqiqada zahiraga olindi.

Birlashgan Arab Amirliklari. Aziz G‘aniyev ("Shabab Al-Axli")

Faoliyatini arab diyorida davom ettirayotgan yana bir futbolchimiz Aziz G‘aniyev ham o‘z klubi bilan navbatdagi o‘yinini o‘tkazdi. Kalbaning "Ittihod" jamoasi mehmoni bo‘lgan "Shabab Al-Axli" 0:0 hisobida durang natija qayd etdi. G‘aniyev uchrashuvda to‘liq harakat qildi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Birlashgan Arab Amirliklari. Otabek Shukurov ("Sharja")

So‘nggi besh o‘yindan buyon g‘alaba nimaligini bilmayotgan Otabek Shukurov jamoasi (Sharja) ushbu turda ham mag‘lubiyatga uchradi. O‘z maydonida "Al-Vaxda"ni qabul qilgan "Sharja" yirik 0:3 hisobida yengildi. Yarim himoyachimiz to‘liq o‘yin o‘tkazdi.

Rossiya. Oston O‘runov ("Ufa")

So‘nggi o‘yinlarda o‘z sport formasini tiklab, yana jamoasining asosiy tarkibiga qaytgan Oston O‘runov "Ufa" bilan Rossiya chempionatidagi navbatdagi o‘yinini o‘tkazdi. "Arsenal Tula" klubi maydoniga safar qilgan ufaliklar 0:0 hisobida durangga imzo chekdi. O‘runov 90 daqiqa o‘yin o‘tkazdi.

Rossiya. Ibrohimxalil Yo‘ldoshev ("Nijniy Novgorod")

Rossiya Premyer-ligasida harakat qilayotgan Ibrohimxalil Yo‘ldoshevning "Nijniy Novgorod" jamoasi "Axmat" mehmoni bo‘ldi va 90 daqiqalik o‘yin o‘tkazdi.

Moldova. Jasur Yaxshiboyev ("Sherif")

Yaqindagina jarohatidan tiklanib "Sherif" asosiy tarkibiga qaytgan Jasur Yaxshiboyev milliy chempionatning 17-turida "Zimbru"ga qarshi o‘yinda (6:0) ikki golga assistentlikni amalga oshirdi. Shuningdek, futbolchimiz 59-daqiqada zahiraga olindi.

Italiya. Eldor Shomurodov ("Roma")

So‘nggi vaqtlarda Joze Mourinyo e’tiboridan biroz chetda qolgan Eldor Shomurodov va nihoyat "Venetsiya"ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. Uchrashuvda "bo‘rilar" mag‘lubiyatga uchragan (3:2) bo‘lsa-da, u jamoasining 1 goliga mualliflik qildi va Abraxam kiritgan golga assistentlikni amalga oshirdi. Mana shunday samarali harakatlar amalga oshirgan bo‘lsa ham "special one" tomonidan 84-daqiqada zahiraga olindi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:05, 08.11.2021.
O'qildi: 5090 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.