Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Superliga. «Nasaf» «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etib, 3-o‘ringa ko‘tarildi

Superliga. «Nasaf» «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etib, 3-o‘ringa ko‘tarildi

Baho:
+ | -

Bundan bir necha daqiqa oldin Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda Coca-Cola Superliga 24-tur doirasidagi “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bugungi o‘yin oldidan qo‘qonliklar tarkibida jiddiy yo‘qotishlarga bor edi. Farhod Bekmurodov va Iqbol Malikjonov sariq kartochkalar to‘planib qolgani sababli Qarshiga borishmadi. Asadbek Sobirjonov, Hamidillo Abduhamidov jarohati sababli bugungi o‘yinni o‘tkazib yuborishdi. Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Mo‘min Meliyev hamda Muzaffar Abdullayevda ham kichik jarohatlar mavjudligi bois asosiy tarkibga kiritilmadi.

Uchrashuv mezbonlarning shiddatli hujumlari bilan boshlandi. Buning natijasida 10-daqiqada Husayn Norchayev burchakdan yetkazilgan to‘pni bosh bilan darvozaga joylab, hisobni ochdi. Goldan keyin har ikki jamoa vakillari tomonidan bir qator hujumlar tashkil etildi. Ana shunday hujumlarning birida Muhammadanas Hasanov hisobni tenglashtirishi mumkin edi. U burchak zarbasini amalga oshirgan paytda darvoza to‘sinini nishonga oldi. Tanaffusga jamoalar shu hisobda chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limni ham mezbonlar xavfli hujumlar bilan boshlashdi. 57-daqiqada Bahrom Abdurahimov hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Oradan 11 daqiqa o‘tib, Alibek Davronov uchinchi bor darvozamizni ishg‘ol etdi. Aytib o‘tish joizki, raqiblarimizning ikki goli standart vaziyatdan keyin yuzaga keldi.

75-daqiqada mehmonlar hisobni qisqartirishdi. Avazxon Mamatxo‘jayevning ideal uzatmasini Sidorov boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Shundan keyin "Qo‘qon-1912" katta kuch bilan hujumga zo‘r berishdi. Ammo vaziyatlardan foydalana olmaslik natijasida hisobni o‘zgartira olishmadi.

"Nasaf" ushbu g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolarini 44taga yetkazib, jadvalda 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jamoa 2-pog‘onadagi AGMKdan 2 ochko ortda qolmoqda.

Coca-Cola Superliga. 24-tur
NASAF – QO‘QON-1912 3:1 (1:0)
Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullayev, Olim Abduvosilov, Otabek Qosimov, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Shohruh Said
Gollar: Husayin Norchayev 10, Bahrom Abdurahimov 57,  Alibek Davronov 67. - Andrey Sidorov 75.
"Nasaf": 1. Umidjon Ergashev, 2. Alibek Davronov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 8. Dilshod Saitov (15. Jo‘rabek Mannonov, 69), 18. Bahrom Abdurahimov ( 7. Doniyorjon Narzullayev, 58) (50. Shohmalik Komilov, 74), 19. Husayin Norchayev (99. Andriya Kaluderovich, 69), 20. Suhrob Nurulloyev, 22. Akmal Mozgovoy, 34. Sherzod Nasrullayev, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich
"Qo‘qon-1912":  96. Islomjon Abdullayev, 3.Bobur Akbarov, 4.Ilxomjon Vahobov, 5.Slavko Lukich (14.Avazxon Mamatxo‘jayev, 63),10.SHohnazar Norbekov, 13.Sardor Azimov,15.Oybek Rustamov, 18.Anvar Xojimirzayev ( 99.Andrey Sidorov, 46) 22.Muhammadanas Hasanov ( 19.Suhrob Berdiyev, 63), 33.Ivan Yosovich, 91.YAkuba Bamba

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 17:00, 15.11.2021.
O'qildi: 2415 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.