Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

O‘FAda ayollar futboli mutaxassislari va ekspertlari ishtirokida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi

O‘FAda ayollar futboli mutaxassislari va ekspertlari ishtirokida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Konferensiyada ayollar jamoalari murabbiylari, sport psixologlari hamda ayollar futboli bo‘yicha mutaxassis va ekspertlar ishtirok etdi. Ayollar futbolini rivojlantirishga bag‘ishlab joriy oy davomida iikinchi bor o‘tkazilayotgan yig‘ilish avvalida O‘FA birinchi vise-prezidenti “So‘g‘diyona-W” jamoasini O‘zbekiston chempionati g‘olibligi bilan samimiy tabrikladi.

Ravshan Ermatov mamlakatimizda ayollar futbolini yangi bosqichga ko‘tarishda barchamiz birlashib bor bilim va tajribamizni ishga solishimiz zarurligini ta’kidladi. Bu boradagi OFK va FIFA musobaqalariga malakali mutaxassislar, sport shifokorlari,sport psixologlarini jalb etib,zamonaviy sport technologiyalardan foydalangan holda tayyorgarlik ko‘rish zarurligini aytdi.

“Yangi cho‘qqilarni zabt etish uchun erkaklar futboli bilan bir qatorda ayollar futbolini rivojlantirish ustida ham doimiy ravishda tizimli ishlab borishimiz kerak. Istisno bo‘lishi mumkin emas. Ayollar futbolini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish, turli festival va turnirlar o‘tkazish va ommaviylikni oshirishimiz zarur. Futbolchilik faoliyatini tugatayotganlar keyingi faoliyatini murabbiy, hakam, tahlilchi, selekcioner sifatida davom ettirishi kerak, chunki ularda futbol tajribasi bor va ularning futbolda qolishlari futbol va ozlari uchun foydali boladi. Bu masalada ularning ta’lim olishi to‘liq ta’minlab beriladi“, — dedi Ravshan Ermatov.

Shundan keyin, O‘FA qoshidagi ilmiy-uslubiy bo‘lim boshlig‘i, futbolda ayollar psixologiyasi masalalari bo‘yicha mutaxassis va murabbiylar ta’limi bo‘limi boshlig‘ining ma’ruzalari tinglanib, turli yo‘nalishdagi murabbiylarni lisenziyalashga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, futbol mutaxassislarini tayyorlash markazidagi psixologiya, ilmiy yondashuv, murabbiylik va hakamlik bo‘yicha mas’ul mutaxassislar o‘z yo‘nalishidagi keyingi rejalarini taqdimot orqali tushuntirib berdilar va mazkur sohalarni rivojlantirish bo‘yicha takliflarini bildirdilar. Ularga yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha ayol mutaxassislarni tayyorlash uchun ro‘yxat shakllantirish topshirig‘i berildi. Butun mamlakat bo‘ylab, har bir hududda seleksiya ishlarini doimiy ravishda yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi.

Shuningdek, FIFA va OFK hakami Edita Mirabidovaning hisoboti tinglanib, unda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni ommaviylashtirish va ayol hakamlar sonini oshirish masalasi ko‘tarildi.

Yig‘ilish davomida videokonferensiya ishtirokchilari ham o‘z fikr va takliflarini bildirishdi. E’tibor talab qilinadigan masalalar muhokama qilindi. Yig‘ilish yakunida barcha yangi tashkil etilgan futbol mutaxassislarini tayyorlash kurslariga taklif etildi.

Uchrashuv yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ullar tayinlanib, ularga tegishli topshiriqlar berildi, ijro nazorati esa doimiy olib boriladi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 11:01, 20.11.2021.
O'qildi: 906 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.